Metanli neft -ko’proq tarmoqlanmagan alkanlardan tarkib topgan


Download 1.02 Mb.
bet2/2
Sana29.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1138839
1   2
Bog'liq
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari neft, tabiiy neft gazlari v

Toshko’mirni kokslash – katta sanoat ahamiyatiga ega. Kokslash jarayoni koksokimyoviy zavodlarda amalga oshiriladi. U yerda yog’li ko’mir qayta ishlanadi (uchuvchan moddalarning chiqishi 35 – 40 %). Jarayon germetik yopiladigan kamerali (trubali) pechlarda olib boriladi va pechning sig’imi 30 – 40 tonnagacha boradi. Pechning ichki devorlari issiqqa chidamli silikatli g’ishtlar bilan qoplangan bo’ladi.
Toshko’mirni kokslashda asosiy mahsulotlar :
Koks gazi – undan toshko’mirni smolasi va boshqa mahsulotlari bilan birga kontaktda bo’lganidan keyin - texnik benzol (oson qaynovchi arenlar aralashmasi) olinadi.
Toshko’mir smolasi – uni haydash yo’li bilan arenlarga, fenollarga, piridin hosilalariga ajratiladi. Bular qimmatbaho xomashyo bo’lib, ulardan bo’yoqlar, erituvchilar, portlovchi moddalar, dorivor va arfyumer mahsulotlar, petisidlar ishlab chiqariladi.
Haydashdan keyin qoladigan qoldiqdan (smola) :
Toshko’mir peki – asfalt tayyorlashda va to’ldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Moyli ko’mirdan olingan koks metallurgiyada, gazli ko’mirdan olingani esa sintez gaz va kalsiy karbid ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Qo’ng’ir ko’mirni yarim kokslash – qoramoy olish maqsadida bajariladi. Ko’mir qizdirilgan gaz bilan qarama – qarshi ravishda 600 – 700oC gacha qizdiriladi.
Qo’ng’ir ko’mirni yarim kokslashdagi mahsulotlar :
Yarim koks gazi – uchbu jarayon borayotgan pechlarni qizdirish uchun ishlatiladi (boshqa yoqilg’ilardan foydalanish maqsadga muvofiq emas);
Yengil moy, past sifatli benzin bo’lgani uchun undan surkov moylarini erituvchi yoki motor yoqilg’isi sifatida foydalaniladi;
Qo’ng’ir ko’mir qoramoyi – alkanlarni olishda foydalaniladi.
O’rtacha moy, tarkibida fenol bo’ladi, dizel yoqilg’isi sifatida yaroqli;
Og’ir moy, undan alkanlarning yuqori qatori gomologlari ajratiladi (parafin);
Qo’ng’ir ko’mir koksi – issiqlik berish qobiliyati : 25100 – 29300 KDJ/kg;
Smola osti suvi – undan fenol, ketonlar va ammiak ajratiladi
Gazifikasiyalash – qazilma ko’mirni organik qismini yuqori temperaturada (1000 – 2000oC) oksidlovchilar (O2, havo, suv pari, CO2) bilan o’zaro ta’sirida yonuvchi gazlarga aylantirish.
Bunda ko’mir deyarli to’liq generator va suv gazlariga aylanadi (qattiq qoldiq – kul).
Gazifikasiyalash uchun qo’ng’ir ko’mirdan va toshko’mirni qayta ishlash mahsuloti – koksdan foydalaniladi.
Ko’mirni gazifikasiyalash - gazogeneratorlarda amalga oshiriladi : koks qatlamidan (qalinligi 3 m gacha) pastdan yuqoriga qarab navbati bilan havo – issiq purkash va suv parlari – sovuq purkash o’tkaziladi.
Issiq purkashda ekzotermik jarayon boradi : 2C + O2 2CO ∆H = -220 kDJ
Chiquvchi gazlar – N2 va CO(havodan) ; bunday aralashma generator yoki havo gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati v 300 kDJ/m3, tabiiy gazning issiqligiga qaraganda (38000 kDJ/m3) juda kam, shuning uchun generator gazi faqat metallurgiya ishlab chiqarishida va koksokimyoviy zavodlarda ishlatiladi. Sovuq purkalganda endotermik jarayon boradi :
C + H2O CO + H2 ; ∆H = 132 KDJ
CO va H2 aralashmasi suv gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati 11500 kJ/ m3
Suv gazi ko’pchilik sanoat sintezlarida, masalan metanol va ammiak olishda foydalaniladi.
Quydagi sxemada toshko’mir pirolizi sxemasi keltirilgan.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling