Metod birlashma raisi: G. Yusupova
Metod birlashma raisi: (texnologiya fani o’qituvchisi) G.Yusupova
Download 117.51 Kb.
|
Metodbirlashma-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metod birlashma a’zosi: (musiqa fanlari o’qituvchisi) Sh.Boymirzayeva
Metod birlashma raisi: (texnologiya fani o’qituvchisi) G.Yusupova
Estetik turkumi fanlarini o'qitishga doir me`yoriy va metodik hujjatlarni o'rganadi ularni o'quv jarayoniga tadbiq etish usullarini ko'rsatib beradi. O'qituvchillarning g'oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi ularni fan yutuqlari pedagogik innovasiyalar ilmiy ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi. Estetik turkumi fanlari bo'yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi. Shuningdek oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi. Davlat ta`lim standartlari talablari o'quv rejasi va dasturlari bajarilishining ta`minlanishiga metodik yordam ko'rsatadi. Darslarni o'zaro kuzatishlarni tashkil qiladi natijalarni tahlil qiladi va mutaxasislarga amaliy yordam beradi. Ko'rgazma va ko'rsatmali vositalardan foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar beradi. Malaka oshirishga yuboradigan o`qituvchilarni oldindan rejalashtiradi, malaka oshirishdan qaytgach o'qituvchilarning hisoboti o'z vaqtida metodbirlashma yig'ilishlarida tinglab boradi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi. Metod birlashma a’zosi: (musiqa fanlari o’qituvchisi) Sh.Boymirzayeva Ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi. Tegishli yo'nalish yoki fan bo'yicha ta`lim muassasida metodik ta`minotiga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi. O'quvchilarga chuqur bilim ko'nikma va malakalarini shakllashtirishga yordam berish maqsadida o'qitishning ilg'or usullarini joriy etishni tashkil qiladi. O'qitish metodlarini o'rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi ilg'or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o'rganadi umumlashtiradi va ommalashtiradi. O'quv jarayoniga o'qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi o'quv fani bo'yicha yangiliklarni qo'llashga doir metodik ko'rsatmalar berib boradi. Yangi o'quv dasturi darslik metodik qo'llanma va boshqa metodik ishlarni yangi nashrlarni shuningdek fanga doir maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi. O'qituvchilarni malaka oshirish, axborot almashuv tizimini hamda o`z ustida ishlashini yanada yaxshilash maqsadida ijodiy xizmat safarlari bo'yicha hisobotlarini eshitadi. Fan o'qtuvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma`naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestasiya jarayonida o'z xulosasini beradi. Fan o`qituvchilaring metod birlashmasi o`quv kabinetlari holatini kuzatadi va uning rivojlanishining rejalashtiradi. Download 117.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling