Metod birlashmalar


Download 98 Kb.
bet4/9
Sana08.04.2023
Hajmi98 Kb.
#1341063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
METOD BIRLASHMALAR.

1.Motivatsiya pog‘onasi:
Bu pog‘onada ma’ruzachi ishtirokchilarni mavzuning maqsadi bilan tanishtiradi, va ularning boshlang‘ich bilim zaxirasini aniqlab oladi. Agar ishtirokchi o‘zi bilgan ma’lumotlarni mavzu bilan bog‘lay olsa, u tezroq tushunib oladi va yaxshiroq esda saqlab qoladi. Shuning uchun ma’ruzachi ishtirokchilarni "Men bilishni xoxlayman" degan qiziqish xosil qilishga erishishi lozim.
2.Axborot pog‘onasi:
Ma’ruzachi muhim nazariy bilimlarni berishi lozim. Bunda ishtirokchilar kognitiv o‘quv soxasi bo‘yicha o‘rganishga jalb etiladi va nazariy bilimlarini amaliy tajribalarga bilan bog‘lash uchun axborotlar oladi. Shu tariqa ishtirokchilarning muammolarini yechish imkoniyatlarni ishlab chiqadi va "Men bilaman" degan tushuncha xosil bo‘lishiga erishiladi.
3.Namoyish pog‘onasi:
Ishtirokchilarning dastlabki bilim zaxirasi va tajribalariga bog‘lik. Egallagan bilimlar asosida ma’ruzachi bevosita ish jarayonida harakatlar ketma-ketligini tushuntirib berishi kerak va ishtirokchilar bilan birgalikda ishlab chiqishi kerak. Shu orqali ishtirokchilar ishtiroki faollashib, ta’lim oluvchilarda "Men tushunayabman" degan tushuncha xosil bo‘ladi.
4.Qo‘llash pog‘onasi - ishtirokchilar topshiriqni bevosita bajarib o‘rganadi. Natijada ta’lim oluvchilarda "Men bajarayabman" degan tushuncha paydo bo‘lishiga erishiladi.
5.Nazorat pog‘onasi - ta’lim beruvchi natijalarni baholash va muvaffaqiyatlarni sanab o‘tishi lozim. Bu pog‘onada ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi tomonidan uchragan xatolarni muhokama qiladi va to‘g‘rilash imkoniyatlarini aytadi.
Seminarga tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- mavzuni tanlash va vazifalarni aniqlash:
- qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash:
- axborotlar uchun vazifalar va mavzularni taqsimlash :
- dastlabki ishlarni tashkil etish, maslaxatlar berish:
- o‘tkazish metodlarini tanlash:
- ko‘rgazmali materiallar tanlash:
- seminar rejasini tuzish:

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling