Metodbirlаshmа rаhbаrlаrigа 10% ustаmа berish tartibi
Download 20.2 Kb.
|
METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALAR FAOLIYATI QUYIDAGIChA ETIB BELGILANDI. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra
METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan. Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi; Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin. Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak. Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALAR FAOLIYATI QUYIDAGIChA ETIB BELGILANDI. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra: Maktablarda boshlang‘ich ta’lim hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi. Maktablarda bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uch nafar o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi. Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi. Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi. Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi shart. Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi. Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim: Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi; yig‘ilish bayonnomasi; yillik hisoboti. Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi. Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling