Методы исследования в биологии


Download 498.01 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi498.01 Kb.
#1155245
  1   2   3   4
Bog'liq
BO`M amali va laborat

Mavzu:AMALIY VA LABORATORIYA ISHLARINI UYUSHTIRISH

Reja:

1.Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli-taqvim reja tuzishning ahamiyati.

2.O'quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o'quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligi.

3.Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta'lim- tarbiya jarayonida tutgan o'rni.


-- Umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologiyani o'qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o'quv fani yuzasidan asosiy o'quv materiali o'rganiladi, lekin dars o'qitishning boshqa shakllari bo'lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog'liq.
DARSDAN TASHQARI ISHLAR
asosan ---- tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o'tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kolleksiyalardan darsda foydalaniladi.
SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR - o'quvchilarning biologiya o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga kasbga ongli ravishda yo'llashga xizmat qiladi.
Demak, biologiyani o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya'ni o'qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirilishi lozim.

O'QITUVCHI - ushbu mashg'ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida biologik ta'lim samaradorligiga erishish o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda o'quv-amaliy ko'nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish mantiqiy fikr yuritishga o'rgatishni nazarda tutadi.
Biologiyani o'qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o'qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o'quv dasturidan o'rin olgan boblar va mavzular bo'yicha darslar tizimi, o'quv yilidagi choraklar va ta'tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog'lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
-O'quvchilar tomonidan o'tkaziladigan kuzatish va taj ri balarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi; ----Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; -Har bir darsda ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish yo'llarini belgilashi; -O'quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlarni tanlashi; ---- -Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo'ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.

Boblar va mavzular

Soat

Muddat

Fanlararo bog'lanish

Ekskursiya

Sinfdan tashqari ishlar












Biologiya darslarida tasviriy ko'rgazma vositalari bilan bir qatorda tabiiy ob'ektlardan foydalanish maqsadga muvofiq shu sababli o'qituvchi uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bo'lgan muddatlarni hisobga olgan holda o'z vaqtida masalan, “Bargda organik moddalarning hosil bo'lishi”ni o'rganish tajribasi o'n kun avval “Urug'larning unib chiqish shart-sharoitlari” tajribasi, infuzoriya-tufel`kasi kul`turasi bir hafta oldin tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.

Bob

Mavzu

Laboratoriya mashg'uloti

Odam organizmining umumiy obzori

To'qimalar. Epitelial, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalari

1-laboratoriya mashg'uloti. To'qimalarning tuzilishi:epitelial, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalari

Tayanch-harakatlanish sistemasi

Muskullar va ularning funktsiyasi.

2-laboratoriya mashg'uloti. 1.Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish. 2.Tayanch-harakat sistemasi shikastlanganda

Qon

Qonning shaklli elementlari

birinchi yordam ko'rsatish

Odam va uning salomatligi” o'quv fani dasturidan o'rin olgan laboratoriya mashg'ulotlaridan namunalar berilmoqda.

Download 498.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling