Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Download 2.55 Mb.
bet125/217
Sana03.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1691122
TuriМетодические указания
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Metodik ko’rsatma:
Mikrob hujayralarini okulyar va ob’ektiv mikrometrlarda o’lchanadi. Okulyar mikrometr dumaloq shaklda bo’lib, shisha plastinkadan iborat. 5 mm. uzunlikdagi shkala bo’lib, 50 ta bo’limga bo’lingan. Okulyar mikrometrni okulyar linzalari o’rtasiga shkalasini pastga qaratib o’rnatiladi.
Ob’ektiv mikrometr buyum oynasidan iborat bo’lib, uning markazida 100 bo’limga bo’lingan 1ml.li chizg’ich chizilgan (bir bo’lakchasi 10 mkm. ga teng). Ob’ektiv mikrometr okulyar mikrometrning bir bo’lakchasi kattaligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Okulyar mikrometrni okulyarga o’rnatib, ob’ektiv mikrometr ning bir bo’lakchasiga okulyar mikrometrni qancha miqdordagi bo’lakchalari to’g’ri kelishi topiladi. Ob’ektiv mikrometr bo’lakchalarining kattaligi ma’lum bo’lgach, okulyar mikrometr bo’lakchalari kattaligini oson aniqlash mumkin. Okulyar mikrometr bo’lakchalarining miqdori aniqlangach, ob’ektiv mikrometr olinadi va o’rniga mikroskop stolchasiga preparat qo’yiladi. Hujayraning o’rtacha kattaligini aniqlash uchun 50-100 tacha mikroorganizm o’lchanadi.
Kerakli jihozlar va asboblar: Mikroskop. Buyum va qoplog’ich oynachalar. Bakteriologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri likopchalari. Doimiy preparatlar. Paster naychasi. Spirt lampasi. Immersion moy. Bo’yoq rastvorlari. Ob’ektiv va okulyar mikrometrlar. Suv va kolbalar. Shtativlar.


mavzu: sterilizatsiya usullari.
reja:

  1. Nam sterilizatsiya

  2. Pasterizatsiya

  3. Tindalizatsiya

  4. quruq issiqda sterillash

  5. Filtrlab sterillash

  6. Kimyoviy sterillash

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Mikrobiologik sirtmoqni spirt lampasi alangasida sterillash. Sterilizatorda shprits, pintset va ignalarni qaynatish. Petri likopchalarni, probirka va Paster naychalarini o’rash va quritish shkafiga qo’yish. Avtoklavni ishga tayyorlash. Probirkalarga 9 ml.dan suv solib, tayyor oziqa muhitlarni avtoklavga sterilizatsiya qilish uchun qo’yish. Zeytts filtri bilan suyuqliklarni filtrlash.
Talabalar avtoklav, quritish shkaflari, Paster pechi bilan tanishadilar. Ikkita talaba avtoklavni ishga tushirish uchun tayyorlaydi. qolgan talabalar ikkitadan bo’lib idishlarni o’rab, Paster naychalarini, kolbadagi suvlarni, skalpel, shprits va boshqa sterilizatsiya uchun kerakli bo’lgan jixozlarni avtoklavga solish uchun tayyorlaydilar.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling