Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Download 2.55 Mb.
bet141/217
Sana03.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1691122
TuriМетодические указания
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

MAVZU: PEKTINLI BIJG’ISh
Reja:

  1. Pektin bijg’ituvchilar bilan tanishish.

  2. Pektin parchalovchi bakteriyalarning elektiv kulturalarini olish.

  3. Pektin parchalovchi bakteriyalarning elektiv kulturalarini tadqiqot qilish.

  4. Pektin bijg’ituvchi mikroblarni mikroskopda ko’rish.

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Pektin parchalovchi bakteriyalarning elektiv kulturalarini olish uchun talabalar brigada usulidan foydalanadilar. Pektinli bijg’ish qo’zg’atuvchilarining morfologiyasini o’rganish uchun har bir talaba preparat tayyorlaydi va bo’yab mikroskopda ko’riladi. Natijalarni daftarlarga yozib boriladi.
Metodik ko’rsatma:
Pektinli bijg’ish – o’simlik hujayralarini bir-biriga yopishtiradigan modda (pektin)ning gidrolizlanib qand va boshqa moddalarni hosil qilishi, so’ngra shu qandning bijg’ib, moy kislota CO2 va H2 ga parchalanishdan iborat. Bu protsess quyidagi sxemaga muvofiq boradi.


PEKTIN KISLOTA GIDROLIZI

С46Н68О40=1ОН2О+4СНО(СНОН)4СООН+С6Н12О6+
pektin (galakturon (галактоза)
kislota kislota)
С5Н10О55Н10О5+2СН3СООН =2СН3ОН
(arabinoza) (ksiloza) (sirka kislota) metil spirt




qandlarning moy kislota hosil qilib bijg’ishi

С5Н10О5 = (ksiloza) СН3СН2СН2СООН+
(moy kislota)
+СО22О+х кал



С6Н12О6 = СН3СН2СН2СООН+
(galaktoza) (moy kislota)
+2СО2+2Н2+х кал

Pektinli bijg’ish tabiatda uchrab turadi va zig’ir, kanop, jut kabi o’simliklarni ivitish uchun shu jarayondan foydalaniladi. Pektinni parchalaydigan bakteriyalarning elektiv kulturasini olish uchun zig’ir poyalari kichik bog’ qilib suvli probirkaga solinadi, unda anaerob sharoit tug’dirish uchun ustiga ko’proq suv quyiladi. Shundan keyin probirkalar termostatda 25-30o temperaturada 5-6 kun saqlanadi. Zig’ir poyalarining sirtida pektinni parchalaydigan bakteriyalar bor, ular suvda ko’payib, poya hujayralarini yopishtiradigan pektinni parchalaydi, ya’ni zig’irni ivitadi.


Pektinni parchalaydigan bakteriyalarning elektiv kulturasini tekshirish. Ivitilayotgan zig’ir parchasidan tayyorlangan preparatda pektinli bijg’ish sababchilari – baraban tayoqchasiga o’xshaydigan yirik tayoqchalar ko’rinadi. Boshqa moy kislota tayoqchalari kabi, ular ham yod ta’sirida ko’k tusga kiradi.
Pektin bijg’ishga sabab bo’ladigan bakteriyalardan asosiylari Clostridium pectinovarum va Clostridium felsineun bo’lib, ular ko’proq uchraydi.
Granulyozani aniqlash uchun ivitilayotgan zig’ir poyadan “ezilgan” tomchi tayyorlab, unga xuddi moy kislota bakteriyalarini aniqlashdagi kabi Lyugol eritmasi qo’shiladi. Bu bakteriyalarni mukammalroq tekshirish uchun quruq mazok tayyorlab, fuksin bilan bo’yaladi. Aerob sharoitda pektin moddasini bakteriyalardan Bacillus mesentericus va zamburug’lardan Mucor stolonifer bijg’itadi. Anaerob sharoitda esa yuqorida nomlari ko’rsatilgan tipik pektin parchalovchi bakteriyalar bijg’itadi. Pektinli bijg’ishni qo’zg’atuvchi bakteriyalar morfologik xususiyatlarga qarab, bir-biridan farq qiladi: Clostridium pectinovorum – kattaligi 10-12 mikron bo’lib, spora hosil qilganda baraban tayoqchasiga o’xshaydi. Tanasida granulyoza uzuq uzuq bo’lib joylashgan. Bu mikrobni S.N.Vinogradskiy 1885 yilda topgan. Clostridium felsineum kattaligi 3 – 6 mikron bo’lib, tayoqcha shaklini eslatadi, sporasi tanasining oxiriga joylashgan bo’lib va uni 1916 yilda Karbone topgan.


Kerakli jihozlar: Mikroskop, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, somon tayyoqchalari, suv hammomi, pintsetlar. Bo’yoqlar. Lyugol eritmasi, katta probirkalar, ip, qaychi.



Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling