Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Download 2.55 Mb.
bet172/217
Sana03.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1691122
TuriМетодические указания
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Asosiy savollar:

  1. O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi fitogarmonlar va ular ta’sirining molekulyar mexanizmi

  2. Tabiiy va sintetik regulyatorlar. Ularning qishloq xo’jalik amaliyotida qo’llanilishi.



Mavzuga oid tayanch iboralar: fitogarmon, bioregulyator, genlar ekspressiyasi, o’simliklarning genetik apprati, retseptor, repressor auksin, genom, defferentsiallanish, to’qima, hujayraning bo’linishi.
Mavzuga oid muammolar: O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi fitogarmonlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyatining ilmiy asoslari.
1-Asosiy savol. O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi fitogarmonlar va ular ta’sirining molekulyar mexanizmi.
Birinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga o’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi fitogarmonlar va ular ta’sirining molekulyar mexanizmi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadi:

  1. O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi biologik faol moddalar fitogarmonlarni bilib oladi.

  2. O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi fitogarmonlar ta’sirining molekulyar mexanizmini izohlaydi.

Birinchi asosiy savol bayoni.
O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari. O’simliklarning tabiiy va sun’iy o’sish va rivojlantirish regulyatorlari – fitoregulyatorlar o’simliklar ontogenezini, xujayralar differentsirovkasini, xujayralar bo’linishini, yangi to’qima va organlarning hosil bo’lishini, o’sishi va rivojlanishini tezlashtirish, hosildorligini oshirish, xosilning sifatini yaxshilashni boshqarishdagi muhim moddalardir.
O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari organik birikmalar bo’lib, juda kam miqdori o’simliklarning moddalar almashinuviga ta’sir etadi va ularning o’sishi va rivojlanish jarayonlari o’zgartiradi. Ular oldin ko’p yillik o’simliklarning qalamchalarida ildiz xosil qilish uchun so’ng donli o’simliklarning egilib qolishining oldini olishda foydalanilgan edi. Hozirgi vaqtda esa qishloq xo’jaligi o’simliklarining intensiv o’stirish texnologiyasida qo’llaniladi. Fitogormonlar ta’sirining molekulyar mexanizmi. Fitogormonlar o’simlikda sintezlanib, ularning boshqa organlariga tashiladi va uning ozgina miqdori o’simlikni bo’yiga va eniga o’sishini ta’minlaydi.
Fitogormonlar ta’sirining asosiy elementi, uning o’simliklar genetik apparatiga ta’siri bo’ladi. Hozirgi vaqtda bu ta’sir, birinchidan bir qator gormonal genlarning ekspressiyasi stimulyatsiyasi hisobiga, ikkinchidan DNKning metillanishining umumiy kamayishi hisobiga namoyon bo’lishi aniqlangan. Fitogormonlarning o’simlik genetik apparatiga ta’sirining usuli quyidagilarda namoyon bo’ladi: fitogormonlar oqsil retseptori bilan birlashadi va bevosita retseptor gormon birikmasi ko’rinishida yoki qator oraliq reaktsiyalar orqali DNK bilan birlashgan oqsil bilan va nasl informatsiyalarining o’qilishiga qarshilik qiluvchi repressor oqsillar bilan almashinadi. Buning natijasida repressorlar bilan DNK molekulasi orasidagi o’zaro bog’liqlik buziladi va ozod bo’lgan genlar ma’lumot o’qilishini va ularga taaluqli oqsil fermentlari biosintezini amalga oshiradi. Fitogormonlarning bunday harakati tanlaov asosida yuzaga keladi, ya’ni ma’lum fitogormonlar DNKning butun molekulasidan emas, balki aloxida genlardan repressor to’siqlarni oladi.
Genomga fitogormonlarning ta’sirining ikkinchi usuli shundan iboratki, uning ta’sirida DNKning metllinish darajasi kamayadi va buning hisobiga genetik ma’lumotning o’qilishining umumiy qobiliyati o’sadi. Bu ta’sir mexanizmi hali oxirigacha o’rganilmagan bo’lib, faqat tsitokininlarning DNKga o’rnashib olib, metil guruhlarning (SN3) birlashishiga qarshilik qilishi ma’lum.
Fitogormonlarning klassifikatsiyasi. Hozirgi vaqtda 6 guruh fitogormonlar mavjud.

  1. Auksinlar. 1930 yillarda F. Kegel tomonidan tabiiy auksin ajratib olindi va uning kimyoviy tarkibi indolil 3 sirka kislota (ISK) aniqlandi. ISK triptofan aminokislotasidan hosil bo’ladi. Auksinning asosiy sintez bo’ladigan joyi poyaning apikal meristema bo’lib, u erdan o’simlikning boshqa organlariga tashiladi. Auksin hujayraning cho’zilishi, bo’linishi, differentsirovkasini stimullaydi.

  2. Tsitokininlar. 1955 yilda topilgan bo’lib, hujayra bo’linishini stimullaydigan faktor bo’lib hisoblanadi. Birinchi tabiiy tsitokinin zeatin deb atalgan. Hozirgi paytda 12 ta boshqa tsitokininlar ma’lum bo’lib, ularning tarkibi zeatinga yaqin. Tsitokininlar o’simliklarda mevalon kislotasidan va 5-AMFdan sintezlanadi. Ular ildiz apikal meristemasida sintezlanib boshqa organlarga tashiladi.

  3. Gibberelinlar. 1926 yilda topilib, 1938 yilda Yaponiyada sholining bo’yiga o’sishini tezlashtiruvchi patogen zamburug’ mahsuloti sifatida ajratib olingan. Gibberelinlar mevalon kislotasidan sintezlanadi. Uning fiziologik ta’siri o’simliklarning bo’yiga o’sishi bilan bog’liq. Gibberelinlar o’simliklarning urug’i va tugunaklarini tinim holatidan chiqarish hususiyatiga ega.

  4. Etilen. Gazsimon fitogarmon bo’lib, metionin aminokislotasidan sintez bo’ladi. Etilen o’sishning yuvenil fazasida meristematik to’qimalarda, keyinchalik mavada hosil bo’ladi. Mevalarning pishishini tezlashtiradi.

  5. Abetsizov to’qimasi. (ABK) 1964 yilda birinchi bo’lib g’o’zaning ko’sagidan ajratib olingan. O’simliklarda mevalon kislotasidan sintezlanadi. ABK ingibitor ta’sirga ega fitogarmondir. ABK urug’, kurtak va tugunaklarning tinim holatga o’tishini ta’minlaydi.

  6. Brassinosteroidlar. O’simliklarning yagona steroid tabiatli garmoni bo’lib, fiziologik ta’siri boshqa garmonlarnikiga o’xshash, masalan, auksin singari xujayralarning cho’zilishini, giberlin kabi o’simliklarning bo’yiga o’sishini, ta’minlaydi. Spetsifik ta’siri esa urug’murtakning o’sish regulyatsiyasi bilan bog’liq. Chang bilan tushgan brassinosteroid urug’ning o’sishi va rivojlanishini stimullaydi.

Boshqa tabiiy regulyatorlar. Bularga jasmin kislota, salitsil kislota va oligosaxaridlar kiradi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling