AKTINOMITSETLARning morfologiyasi.
Aktinomitsetlarda juda ingichka ipsimon bir hujayrali mitseliy bor. Ularda chinakam yadro yo’q. Mitseliyning bir qismi substratga botib tursa, bir qismi substrat ustida joylashib, havoli mitseliyni hosil qiladi. Aktinomitsetlar havoli mitseliy iplarining erkin uchlarida spora yoki konidiy hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Aktinomitsetlar mitseliysi tuzilish jihatidan sodda mog’orlarga va ba’zi bir xususiyatlariga ko’ra bakteriyalarga ham o’xshaydi.
ACHITQILARNING MORFOLOGIYASI.
Achitqi zamburug’lar bir hujayralidir. Achitqi hujayralari dumaloq yoki cho’zinchoq, ba’zan cho’ziq bo’ladi. Achitqi hujayralarida hayvon kraxmali – glikogen to’planadi. Glikogen dona shaklida uchraydi, bular yod bilan bo’yalganda qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi. Achitqilar Gramm usulida yaxshi bo’yaladi. Achitqi hujayralari bakteriyalarga qaraganda yirikroq bo’lib, kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi. Och qolganda va kislorod tegib turganda sporali xaltachalar hosil qiladi. Bu sporali xaltalar qulay sharoit bo’lishi bilan unib, achitqi hujayralariga aylanadi, bular esa yana kurtaklanish yo’li bilan ko’paya boshlaydi.
MOG’OR ZAMBURUG’LARNING MORFOLOGIYaSI.
Mog’or zamburug’lar tuban zamburug’lar guruhiga kiradi. Mog’or zamburug’larida yo’g’on bir hujayrali mitseliy bor. Ular jinsiy yo’l bilan ko’payganda zigosporalar hosil qiladi. Jinssiz ko’payganda endosporalar (sporangiy) hosil qiladi. Sporangiy mitseliyning maxsus shoxchalarida vujudga keladi.
Kerakli jihozlar va asboblar: Mikroskop. Buyum va qoplog’ich oynachalar. Bakteriologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri likopchalari. Okulyar va ob’ektiv mikrometrlar.
Hajmini aniqlash.
REJA:
1.Okulyar va ob’ektiv mikrometr bilan tanishish.
2.Okulyar mikrometrning bo’linishini aniqlash.
Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Okulyar va ob’ektiv mikrometr bilan tanishish. Okulyar mikrometrning bo’linishini va mikrob hujayrasining hajmini mazokda aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |