MAVZU: EPIFIT MIKROORGANIZMLARINI ANIqLASh.
Reja:
Dondagi mikroorganizmlarni hisobga olish.
Dondagi mikroorganizmlarning sifatini hisobga olish (koloniyalarni va ularni mikroskopdagi ko’rinishlari).
Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi:
GPA solingan Petri likobchalarida ungan mikrob koloniyalarini miqdorini sanash va 1 gramm donda qancha mirob borligini aniqlash.
Metodik ko’rsatma:
Rizosfera mikroorganizmlari o’simliklar o’sish davrida ildizidan tanasiga ham ko’tariladi va o’simlik tanasiga tashqi muhitdan chang, xasharotlar orqali har xil mikroorganizmlar yuqadi. O’simlik tanasida uchraydigan mikroorganizmlar epifit mikroblar deyiladi. Epifit mikroorganizmlar asosan saprofitlar turkumiga kirib, ular o’simlik to’qimalaridan ajralib chiqadigan har xil chiqindilar va o’simlik tanasidagi turli organik moddalardan oziq sifatida foydalanadi.
Epifit mikroblar faqat o’simlik tanasida, bargida va gulida emas, balki doni, turli mevalarida, shuningdek sabzavotlarning er ustki qismida ko’plab uchrashi mumkin. Tekshiruvchilarning ma’lumotlariga ko’ra , 1 g sifatli donda bir necha million epifit mikroblarni uchratish mumkin.
E.I.Kvasnikov, M.G.Sumnevich va Yu.M. Voznyakovskayalarning ma’lumotlariga ko’ra, epifit mikroblar turkumiga Pseudomonas guruhiga kiruvchi mikroblardan tashqari , xar xil zamburug’lar sharsimon mikroblar, tayoqchasimon mikroblar va sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar ham kiradi. O’simlik tanasida uchraydigan mikroblar o’simlikning o’sishiga zarar etkazmaydi, epifit guruhiga kiruvchi ba’zi bir zararli zamburug’lar esa o’simlik tanasidan ildiziga o’tib o’simlikning hosildorligiga ta’sir qilishi mumkin.
O’simlik tanasida uchraydigan epifit mikroblarni aniqlash uchun sterillangan pintset bilan boshoqdan olingan dondan 10 g torozida tortib olinib, 90 ml sterillangan suv quyilgan kolbalarga solinadi va 5 g sterillagan qum qo’shib, 10 minut davomida yaxshilab chayqatiladi. Hosil bo’lgan yuvindidan 1 ml olib, 1:10000 gacha eritma hosil qilinib, 1 ml olib ikkita Petri likobchasiga ekiladi. Bakteriya aniqlanishi kerak bo’lsa, eritma DPA ga ekiladi, agar eritmadan zamburug’larni aniqlash kerak bo’lsa suslo-agarga ekiladi.
Sabzavotlar urug’idagi epifit mikroblarni aniqlash uchun urug’dan 1 g olib, 9 ml sterillangan suv quyilgan kolbalarga solib, ustidan 1 g sterillagan qum qo’shib,10 minut davomida yaxshilab chayqatiladi, hosil bo’lgan yuvindidan 1:10; 1:100 va 1:1000 nisbatda eritma tayyorlanib suslo-agarga ekiladi. Ekilgan likopchalar ikki-uch kun davomida 23-250S termostatda saqlanadi, so’ngra oziq muhiti yuzasida unib chiqqan mikrob to’plamlarining xususiyatlari o’rganiladi.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, O’simlik urug’lari, sterillangan Petri likobchalari, immersion moy, 99 ml va 9 ml suv solingan probirkalar, sterillangan kvarts qumi, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Oziqa muhit. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin, gentsian-violet), Torozi toshlari bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |