Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»
MAVZU: FOSFOR BAKTERIYaLARINI ANIqLASh
Download 2.55 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodik ko’rsatma
- Tuproqdagi fosfor bakteriyalarni aniqlash usuli
- Tuproqdagi fosfat kislotani aniqlash.
- Kerakli jihozlar
MAVZU: FOSFOR BAKTERIYaLARINI ANIqLASh
Reja: Fosfor bakteriyalarini ajratish. Fosfor bakteriyalarni miqdorini hisobga olish. Tuproqdagi fosfat kislotani aniqlash. Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Fosfor bakteriyalarning morfologiyasini o’rganish uchun har bir talaba preparat tayyorlaydi va bo’yab mikroskopda ko’riladi. Fosfor bakteriyalarini miqdorini aniqlash usullari bilan tanishish. Tuproq namunalaridan fosfor kislotalarni aniqlash uchun A.G.Kirsanov usulidan foydalaniladi. Natijalarni daftarlarga yozib va chizib boriladi. Metodik ko’rsatma: qishloq xo’jaligining ekinlarini hosildorligining oshirishda fosfor birikmalari katta ahamiyatga ega. Fosfor oltingugurt kabi tuproqda har xil organik va mineral birikmalar holida uchraydi. Tuproqdagi qiyin eriydigan fosfor birikmalari fizik-ximiyaviy va biologik faktorlar ta’sirida suvda yaxshi eriydigan bo’lib qoladi, ya’ni fosfat kislota hosil bo’ladi, shundagina fosforni o’simliklar oson o’zlashtiradi. Umuman tuproqda 0,05% dan 0,2% gacha fosfor modda bo’ladi. O’simlikning tanasi va ildizida har xil fosfor birikmalar bo’lganligi uchun tuproqqa o’simlik qoldiqlari bilan tushadi va tuproq mikroorganizmlari tomonidan parchalanib fosfat kislota holiga o’tadi. O’simliklar fosforni asosan fosfor kislota anioni shaklida o’zlashtiradi. N3RO4. ↔ 3NqQ RO4--- Tuproqdagi fosfor birikmalarini eritishda fosfor bakteriyalaridan tashqari, kislota hosil qiluvchi sporali va sporasiz mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. R. A. Menkinaning ma’lumotiga qaraganda, fosfor bakteriyalari 50% fosforni letsitindan va 86% fosforni nuklein kislotadan quyidagi sxema bo’yicha ajratib, tuproqni fosfor bilan boyitadi. 1) nukleoproteid → nuklein→ nuklein kislota →nukleotidlar→H3PO4;. 2) letsitin→ glitserofosfor efirlar→H3PO4. Tipik spora hosil qiladigan fosfor bakteriyalarga misol qilib Bacillus megatherium var. phosphaticum olinadi, bu mikrob tayoqchasimon, cheti qayrilgan kattaligi 3 mikrondan 6 mikrongacha spora hosil qiluvchi Gramm manfiy aerob bo’lib, har xil qand eritmalarida(glyukoza, saxaroza, manit, galaktoza) gaz hosil qilmasdan kislota hosil qiladi. Kartoshkadan va fosforning organik birikmalari qo’shilib tayyorlangan muxit yuzasida shilimshiq qo’ng’ir rangli koloniyalar atrofida yaltiroq doira hosil bo’ladi. Koloniyalardan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rilganda ularning juft bo’lib joylashganini ko’ramiz. Spora hosil qilmaydigan fosfor bakteriyalari mayda tayoqchasimon kattaligi 1,5-2 mikron gramm manfiy va fakultativ anaerobdir. Zich oziqli muhit yuzasida pushti rang koloniya hosil qiladi, koloniya atrofida yaltiroq doira bo’lmaydi. Bu mikrob sutda ishqor hosil qilibgina qolmasdan, qisman nuklein kislotani ham parchalaydi. Tuproqdagi fosfor bakteriyalarni aniqlash usuli. Buning uchun tuproq namunasidan analitik tarozida 1 g o’lchab olib uni sterillangan suv bilan aralashtirib, eritma tayyorlanadi va uning oxirgi darajasi 1:100 000 ga etkaziladi, so’ngra eritmadan sterillangan pipetka bilan olib, uchta Petri likopchasiga solinadi., ustiga suyultirilgan 40-45 darajagacha sovitilgan muhit qo’yiladi. Eritma bilan muhitni aralashtirish uchun likobcha asta sekin chayqatiladi. Likopchadagi muhit qotgandan so’ng, likopchaga yorliq yopishtirib 6-7 kun davomida termostatga qo’yiladi. Yorliqqa eritmaning darajasi talabaning familiyasi, guruhi va ishni bajargan kuni yoziladi. Fosfor bakteriyalarni undirib va ularni o’rganish uchun bir necha xil oziqli muhitlardan foydalaniladi. Masalan, R.I.Pikovskaya muhitining tarkibi quyidagicha bo’ladi: Ca 3(PO4) ( kaltsiy fosfat ) - 5,0 g NaCl (Osh tuzi) - 0,2g MgSO4 . 7H2O (magniy sulfat)- 0,1g Mn SO4 (marganets sulfat) – juda oz miqdorda FeSO4 (temir sulfat) - juda oz miqdorda Glyukoza - 20,0 g Agar- 20,0 g Suv – 1000 ml R.I.Pikovskaya muhitidan tashqari, fosfor bakteriyalarini undirib o’rganish uchun R.A.Menkinaning muhitidan va kartoshka-xamirturush agaridan ham foydalaniladi. Unib chiqqan fosfor bakteriyalarining sonini aniqlash uchun uchta likobchadagi mikrob koloniyalarini sanab, ularning o’rtacha soni aniqlanadi. Masalan: birinchi likobchada 10 ta, ikkinchi likobchada 8 ta, uchinchi likobchada 6 ta mikrob koloniyasi bo’lsa, bularning yig’indisi uchga bo’linadi, chiqqan son eritma darajasiga ko’paytiriladi, ya’ni 8*100 000 q 800 000. 1g tuproqdagi fosfor bakteriyalarning soni aniqlangandan so’ng muhit yuzasidagi koloniyalardan preparat tayyorlab mikroskopda ko’riladi, shundan keyin ko’zga ko’ringan mikroblarning rasmi daftarga chizib olinadi. Tuproqdagi fosfat kislotani aniqlash. Tuproq mikroorganizmlari uchun fosforni ahamiyati katta, tuproqdagi fosfat kislotaning miqdori tuproq mikroblarini hayot faoliyat bilan chambarchas bog’langandir. Ko’pgina olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, mikroblar xujayrasining ma’lum qismini fosfat kislota tashkil qiladi. Masalan, Azotobacter chroocoscum quruq moddadan 52% gacha, Bac. mycoides 4,07% gacha, achitqilarning kulida esa 60% gacha bo’ladi. Shuning uchun ham tuproq tarkibidagi fosfat kislotani aniqlash qishloq xo’jaligida amaliy va nazariy axamiyatga egadir. Tuproqdagi fosfat kislota bir necha usul bilan aniqlanadi, bulardan A.G.Kirsanov usuliga Ya.P.Peyve o’zgartirish kiritib taklif qilgan usuli eng qulay hisoblanadi. Bu usul aniqlanayotgan eritmaning rangini o’z tarkibida fosfornomolibden kompleksini (MoO2. 4MoO3 q →←. H3PO4 .4H2O) saqlaydigan standart eritmalar bilan solishtirishga asoslangandir. Buning uchun tekshirilayotgan tuproq namunasidan 5 g analitik tarozida tortib olinib kolbaga solinadi. Ustiga 25 ml 0,2 n. NSI quyib bir minut chayqatiladi, so’ngra eritma tindirilib filtrlanadi. Hosil bo’lgan filtratdan 5 mldan olib ikkita probirkaga solinadi, ustiga 5 ml 5 marta suvda suyultirilgan molibden reaktivi qo’yiladi. Tajriba o’tkazilgan probirkalarni standart probirkalarga solishtirish tufayli 1g tuproq, so’ngra 100 g tuproq tarkibidagi R2O5 miqdori aniqlanadi. Kerakli jihozlar: Mikroskop, sterillangan Petri likobchalari, immersion moy, 9 ml suv solingan probirkalar, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Oziqa muhit. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin), tuproq. Torozi toshlari bilan. Kolbalar. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling