Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Download 2.55 Mb.
bet76/217
Sana03.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1691122
TuriМетодические указания
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Xemosintez jarayoni
Xemosintez jarayonining tabiatini S.N.Vinogradskiy (1887) aniqlagan. Bu jarayonda СO2 va Н2О ximiyaviy energiya hisobiga oksidlanadi. Xemosintez jarayoni oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatorlar, temir, tion va vodorod bakteriyalari tomonidan amalga oshiriladi:
1) 2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2Н2О + 658 kJ.
2) 2HNO2 + О2 = 2HNO3 + 180 kJ.
4FeCO3 + 6H2O + O2 = 4Fe(OH)3 + 4CO2 + 167 kJ
2 + О2 → 2Н2О + 575 kJ.

Oltingugurt bakteriyalari H2S hosil bo’ladigan suv havzalarida keng tarqalgan. Bular


H2S → S → H2SO4 gacha oksidlaydi.

2H2S + О2 = 2Н2О + S2.


S2 + 2Н2О + 3О2 = 2H2SO4 + 479 kJ.

Oltingugurt bakteriyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, S ning tabiatda aylanib turishida muhim ahamiyatga ega. Bu bakteriyalarga rangsizlardan Beggiotoa, Thiophysa, Thiospirillum, Thiotrix va boshqalar misol bo’ladi. Bulardan tashqari, hujayrasida (bakteriopurpurin) pigment bo’lgan qirmizi va yashil rangli oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum. Qirmizi rang bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy tarkibi jihatidan karotinoidlarga (likopin gruppasiga) yaqin turuvchi bakteriopurpurun va havoda oksidlanganda xlorofillga yaqin mahsulot hosil qiluvchi yashil pigment — bakterioxlorin uchraydi.


Van-Nil aniqlashicha, bakteriyalarda boradigan fotosintez jarayoni yashil o’simliklarda boradigan fotosintezdan farq qiladi. Agar yashil o’simliklarda avval suv molekulasi fotolizga uchrasa va O2 suvdan ajralsa, bakteriyalarda suv fotolizga uchramaydi va Н boshqa moddadan olinadi. Shuning uchun O2 ajralmaydi.
Bunday jarayon fotoreduktsiya deb ataladi
Qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez anaerob sharoitda boradi. Bu bakteriyalar 2 oilaga: Thiorodaceae (hujayrasida S tomchi shaklida to’planadi) va Athiorodaceae (hujayrasida S uchramaydi, bular H2S ni oksidlay olmaydi va organik moddalar bo’lgan oziq muhitida o’sa oladi)larga bo’linadi. Bulardagi fotosin­tez jarayoni xuddi qirmizi rang bakteriyalardagiga o’xshash bora­di, faqat O2 ajralmaydi. Qirmizi rang bakteriyalar orasida avtogeterotroflar va avtotroflar ham bor.
Yashil rang oltingugurt bakteriyalari hujayrasida yashil rangli bakterioveridin pigmenti bo’ladi. Ular H2S ni o’zlashtirib, СO2 ni qaytaradi, hujayrasida oz miqdorda bakterioxlorofil va karotinoidlar uchraydi. Xemosintez jarayonida organik moddalar ko’p miqdorda tuplanmaydi, shuning uchun ham xemosintez fotosintez jarayoni singari keng tarqalmagan, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’lgan organik moddalar barcha tirik organizmlar uchun oziq manbai hisoblanadi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling