Metodik qsim


JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH


Download 317.18 Kb.
bet11/13
Sana21.06.2023
Hajmi317.18 Kb.
#1642220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AHRORBEK (2)

JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi.
Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim.
Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi.
Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot xamshirasi jarohat yuz bergna joyda tug`ri ko`rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasiga jo`natish kerak.


Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish.
Muolajaning bu turini kichikroq yuza jarohatlari bol`gan bemorlarda yoki atroflari tekis, ifloslanmagan va ichkarida joylashgan to`qimalar hamda anchagina shikastlangan kesilgan jarohatlarda bajariladi . Jarohat atrofi soch yoki jundan tozalanadi, teri spirt bilan artiladi a yod eritmasi surtiladi.


Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish
bunda jarohat chekkalari, devorlari va tubini sog`lom to`qimalarigacha kesish, uni aseptic jarohatga aylantirish prinsipi yotadi. JArohat og`riqsizlantiriladi, tozallanadi, qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi. Ichki tomondan ketgut chok solish va terini ipak bilan choklash yordamida jarohat chekkalari bir – biriga yaqinlatiriladi. JArohat chekkalariga antibiotiklar quyiladi.
yuz, til, qo`l panjasi jarohatlanganda, ya`ni qon ta`minoti yahshi bo`lgan sohalarda jarohat chekkalari minimal darajada kesilib, choklar solinadi va zarurat bo`lganda immobilizatsiya qilinadi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalashdan so`ng normal bitayotgan choklar 7-8 kunida olinadi.
YURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISH
Yurak tuxtaganda o`tkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish bo`lib, bular bir vaqtda bajariladi.Yurakni tashqi uqalash yo`lida tush suyagining pastki №1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. .Bunda yurak tush suyagi va umurtqa pog`onasi oralig`ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday xarakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis katta joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda o`tkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qo`yidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:
    1. uyqu arteriyasida tomir urushining paydo bo`lishi.


    2. Kuz qorachiqlarining torayishi.


    3. yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi


    4. mustaqil nafas xarakatlarining paydo bo`lishi


    5. mushaklar tonusining paudo bo`lishi.





Download 317.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling