Metodik qsim


Download 317.18 Kb.
bet1/13
Sana21.06.2023
Hajmi317.18 Kb.
#1642220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AHRORBEK (2)


MUNDARIJA

KIRISH

  1. METODIK QSIM



    1. Favqulodda vaziyatlar tasnifi



    1. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga yordam ko’rsatish tartibi

  1. HISOB QISM

  2. 2.1Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibi

2.2Jabrlanganlarni saralash turlari

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILADIGAN ADABIYO


KIRISH

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublika bo‘ylab, aholini favqulodda vaziyatlarning oldini oldini olish, yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va hududiy boqashramalar tomonidan “O‘ziga va jabrlanuvchilarga shifokorgacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishga o‘rgatish” mavzusida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Tadbir favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Qizil yarim oy jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda ishtirok etganlar avvalo favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, jumladan, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Favqulotda vaziyatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, yurakni uqalash va sun’iy nafas oldirishnini bajarish bo’yicha harakatlar mavzusida navbatdagi o’quv-uslubiy mashg’uloti o'tkazildi
Favqulotda vaziyatlarda tezyordam xizmatining voqea joyiga tez va o'z vaqtida kela olmaydigan holatlar uchrab turadi. Shuning uchun favqulodtda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, shu bilan ularning salomatligi va hayotini saqlab qolish juda muhimdir. Muvaffaqiyatning asosi - jabrlangan insonning yonida, tegishli bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo’lgan shaxs tomonidan ko’rsatilgan yordamdir.
Xodimlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, 2019 yil 19 dekabr kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida «Favqulotda vaziyatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, yurakni uqalash va sun’iy nafas oldirishnini bajarish bo’yicha harakatlar» mavzusida navbatdagi o’quv-uslubiy mashg’ulot o'tkazildi.
O’quv mashg’ulotini, O’zbеkiston Rеspublikasi FVV Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassisi-Ne'mat G'ofurov olib bordi.
Uning ta’kidlashicha, birinchi yordam inson hayotini saqlab qolish uchun eng oddiy favqulodda choralar majmuasi. Har bir inson, favqulotda vaziyatda jabrlanuvchiga maxsus tayyorgarlik va ko'nikmalarga ega bo'lib yordam ko’rsatish xuquqiga ega.
Shuningdek, birinchi yordam ko'rsatishda, bilvosita yurakni uqalash tartibi, o'pkaning sun'iy nafas va yurak to’xtab qolishi xolatida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, jabrlanuvchiga turli xil favqulotda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda, tananing yotgan holatdagi eng optimal ko’rinishi va tez qaror qabul qilish vaziyatlarini ko'rsatib berdi.
Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.
Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshqa kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mast, suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi (qarang Immobilizatsiya), koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.


Download 317.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling