Metodik tavsifi


Download 265 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1484939
Bog'liq
harbiylar


2.2. Harbiy xizmatchilarda stressni o’rganishning


metodik tavsifi
Biz o’z tadqiqotimizda to’plagan nazariy ma’lumotlarni, ayrim psixodiagnostik metodikalar orqali amaliy o’ranishga harakat qildik. E’tirof etish kerakki, hozirga qadar stress borasida ko’plab psixodiagnostik metodikalar, shaxs so’rovnomalari, psixokorrektsion usullar ishlab chiqilgan bo’lib, ular qaysidir ma’noda muammoni o’rganishga keng xizmat qilmoqda.
Hozirga qadar harbiy xizmatchilardagi stress masalasiga oid sof psixologik tadqiqotlar mamlakatimiz psixologiya fanida deyarli amalga oshirilmagan. Shuning uchun ham, tadqiqotimizning nazariy-metodologik asoslari uzoq xorij olimlari va rus psixolog olimlari tadqiqotlari mazmuni bilan asoslanilgan. Bizning mahalliy psixologik tadqiqotlarda ham ushbu masalani o’rganishga zarurat yuqori. Faqat psixodiagnostik metodikalarni aynan stressni aniqlashga va moyillikni o’rganishga ko’ra tizimga keltirish, qolaversa, yangi shkalalar kiritish o’ta muhim ishlardan sanaladi.
Tadqiqotimizda qo’llanilgan to’rt metodika ekstremal sharoitlarda harbiy xizmatchilarga xos va kasbiy faoliyatiga xos quyidagi sifatlarni o’rganishga qodir sanaladi:
kognitiv jarayonlar va strategiya usullarini;
emotsional –hissiy kechinmalarning davomiylik xarakterini;
irodaviy soha ish faoliyatini ya’ni chidamlilik, tavakkal va hokazo;
qaror qabul qilish va uning ijrosini ta’minlashdagi farqlarni;
ekstremal sharoitlarda inson asab tizimining yaroqlilik sifatlarini;
stress holatining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari va omillari kabilarda harbiy xizmatchilarning imkoniyatlari va ustunlik jihatlarini aniqlashga keng imkon beradi.
Tadqiqotning metodik ta’minoti namunasi sifatida mazkur metodikalarni qo’llash borasidagi ayrim yo’riqnomalarni keltirib o’tamiz.
Amirxon metodikasi
Ko’rsatma: Har qanday odamning hayotida muammolar va qiyinchiliklar yuzaga kelib turadi. Odamlar esa ularni turlicha hal qiladilar. So’nggi yillarda siz duch kelgan va sizni anchagina tashvishlanishga majbur qilgan jiddiy muammolardan biri haqida eslang. Ya’ni, shunga o’xshash “Jiddiy muammo yuzaga kelib qolganida” siz nima qilgan bo’lardingiz?
Quyida, odamlar o’zlari duch kelgan hayotiy muammolarini qanday hal qilishlariga oid tasdiqlar berilgan. Siz, shu taklif etilgan variantlar bilan tanishib chiqib, so’ng ular sizga qanchalik mos kelishini baholang. Javoblaringizni javoblar uchun berilgan blankning tegishli (tasdiq tartib raqami va javob variantiga to’g’ri kelgan) katagiga “Q” ishorasini qo’yib belgilang. Bunda: 1 – yo’q, bu men haqimda emas; 2 – gohida bu men haqimda, gohida – yo’q; 3 – ha, bu aniq men haqimda, degan javoblarni bildiradi.

I.D.Ladanov, V.A.Urazaevalarning “Shaxs faoliyatida zo’riqish omillarining ekspress diagnostikasi” metodikasi


Yo’riqnoma: Mazkur test sizga stressli vaziyatlardan namunalar keltirib, sizni ma’lum bir muhitga qanchalik moslashishingizni va muayyan vaziyatda qanday harakat qilish qobiliyatingizni aniqlashga yordam beradi.
Bundan tashqari metodika rahbar faoliyatidagi stressogen omillarni aniqlashda ekspressiv diagnostika ususli ham sanaladi . Metodika matni
12 ta tasdiq mazmundagi savollardan iborat. Tasdiq savollar mazmuni rahbar faoliyatida yuzaga keladigan ziddiyatlar, ishdagi haddan tashqari zo’riqish, rahbar va xodim o’rtasidagi munosabatlar, shaxsning ishga bo’lgan munosabati kabilarni qamrab oladi.
Tasdiqlarni diqqat bilan o’qing va uni jadvalda keltirilgan ball sonlar bilan tasdiqlang. Har bir savol uchun taklif qilingan beshta javobdan bittasi bo’lishi tanlang: “Hech qachon” - 1 ball; “Kamdan-kam” - 2 ball; “Ba’zida” - 3 ball; “Tez-tez”- 4 ball; “Har doim” - 5 ball.
Metodika shkalalari to’rt blokdan iborat: ziddiyat, haddan tashqari zo’riqish, faoliyat doirasida, rahbariyat bilan bog’liq nizolashuvchanlik. Bloklarda to’plangan ballar miqdorini hisoblang. Ballar soni har bir alohida blok uchun 3 dan 15 gacha bo’lishi mumkin. Quyidagi tasdiq raqamlari har bir blokga mos keladi:
1) Nizolashuvchanlik - № 1, 2, 3. (12 balldan yuqori natija)- boshliq faoliyatida ziddiyatlar kuchayganligini ko’rsatadi).
2) Haddan tashqari zo’riqish - № 4, 5, 6. (12 balldan yuqori natija) shaxsda psixologik haddan tashqari zo’riqish mavjudligini ko’rsatadi).
3) Faoliyat doirasida zo’riqish № 7, 8, 9. (12 balldan yuqori natija) boshqaruv faoliyatida muammolar mavjud
4) Rahbar bilan bog’liq munosabatlardagi zo’riqish - № 10, 11, 12. – (12 balldan yuqori natija) hozirgi o’zidan yuqori turuvchi rahbariyat bilan munosabatlardagi psixologik zo’riqishning mavjudligini ko’rsatadi).
Sinov davomida jami ball 12 balldan 60 ballgacha bo’lishi mumkin. 36 va undan yuqori ball sizning faoliyatingizda juda ko’p miqdordagi zo’riqish va stress mavjudligini anglatadi).
Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish”
savolnomasi
Mazkur savolnomasi 1903 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Rampi kabi tadiqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Savolnoma birinchi marta
1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa,
1978 yilda chiqdi. Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashxis qilish uchun yaroqli bo’lgan ko’p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun muhim manbadir.Savolnoma shaxs omili to’g’risida har tomonlama ma’lumotlar beradi. Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Savolnoma tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan. Ushbu metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor. Testni yakka holda yoki guruh shaklda qo’llash mumkin. Bajarish uchun vaqt savolnomaning shakliga bog’liq bo’lib, u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo’riqnoma, savolnoma va javoblar varaqasi zarur. Ushbu savolnoma
12 o’lchamdan iborat.
Sinaluvchiga yo’riqnoma: Mazkur savolnoma orqali shaxsdagi turli salbiy hissiy holatlar ya’ni zo’riqish, asabiylik, ruhiy siqilish, bo’shashish, odamlarga bo’lgan munosabatlar, hayotga bo’lgan qarashlar va shunga o’xshash qator xususiyatlar aniqlanadi.
Agar shunday xususiyatlar mos kelsa, «ha» javobi beriladi, aks holda esa «yo’q» javobini berish mumkin. Siz har bir savol ustida uzoq, o’ylab o’tirmasdan javob berishga harakat qiling. Ba’zi bir savollarning o’ta shaxsiyligi sizni tashvishlantirmasligi kerak, chunki metodikada har bir savolni javobini tahlil qilish shart emas, balki u yoki bu javobning mosligiga tayanadi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, tadqiqot doirasida aniqlangan natijalar faqat harbiy xizmatchilar faoliyati uchun emas balki endigina ish boshlagan kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar faoliyati uchun ham ahamiyatli sanaladi.

2.3. Harbiy xizmatchilar faoliyatidagi stressning


o’ziga xos jihatlari
Harbiy xizmatchilarning harbiy faoliyatga tayyorgarlik va unda kelib chiqadigan kasbiy qiyinchiliklar bilan bog’liq masalasini psixologik diagnostika qilish muammosi hozirgi harbiy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy muammolar va globallashuv sharoitida dolzarb yo’nalishdagi psixologik tadqiqotlarni o’z ichiga oladi va stressni kelitirib chiqaruvchi psixologik omillarni o’zida birlashtiradi. Tadqiqotning nazariy qismida to’plangan materiallarning ilmiy ahamiyati shundaki, psixologiyaning eng etakchi ustuvor tarmoqlaridan sanalgan shaxs psixologiyasi, psixologik diagnostika, kasbiy psixologiya va harbiy psixologiya kabi yo’nalishlarini yangi nazariy xulosalar bilan rivojlantiradi va boyitishga xizmat qiladi.
Harbiy xizmatchilarda stressni keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va uni amaliyotda joriy etilishining psixologik nuqtai nazardan asoslanishi ham tadqiqotni nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, stressni harbiy ta’lim muassasalari harbiy xizmatchilarida o’rganish bilan bir qatorda differentsial va psixologik tomondan etuklik davridagi shaxslar misolida o’rganish shu mavzu bo’yicha respublikamizda amalga oshiriladigan harbiy faoliyatdagi tadqiqotlarga yordamchi unsur vazifasini o’tashi mumkin.
O’tkazilgan tadqiqot jarayonidan davlat ravnaqi va jamiyat ma’naviyatini barqarorlashtirishda har bir harbiy ta’lim muassasalaridagi harbiy xizmatchilarda stressdan saqlanishga doir savodxonlik bilimlarini shakllantirish qanday kechayotganligi, ya’ni kasbiy zo’riqish darajalarini o’rganishda ularni qay tarzda keyingi faoliyat jarayonidagi qiyinchiliklarni mustahkam iroda bilan engishi, harbiy ta’lim jarayonidagi kasbiy qiyinchiliklarga doir bilimlarni mustahkamlash, shu bilan bir qatorda stressni oldini olishga qaratilgan harbiy ta’lim jarayonidagi bilimlarni mustahkamlash uchun konstruktiv bilimlarni rivojlantirishda psixologik xususiyat va qonuniyatlarning roli qanday ekanligi kuzatildi.
Shuningdek, bu yo’nalishdagi muammolarni tahlil etish uchun jahon psixologiyasida xususan, AQSh, Evropa va Rossiyada amalga oshirilgan ko’plab tajriba sinovlardan o’tgan metodika va so’rovnomalarni tanlash va ularni amaliyotga tatbiq etish, tadqiqotni amalga oshiruvchi izlanuvchilarni oldiga birmuncha qiyin va murakkab vazifalarni qo’yadi.
Harbiy xizmatchilarda stressni keltirib chiqaruvchi psixologik omillarni o’rganish masalasi harbiy psixologiya fanining oldidagi aktual masalalardan sanaladi. Chunki, harbiy xizmatchilarda stress haqida psixologik bilimlar harbiy ta’lim jarayonida tizimli ravishda o’rgatib borilsa, ularning kelgusi faoliyatida bu muammoni osonlik bilan hal qilish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Tadqiqotni amalga oshirishda harbiy ta’lim tizimidagi harbiy xizmatchilarni, asosan o’spirin yoshdagi harbiy xizmatchilar kontingentini tanlab oldik. Tadqiqot jarayonida harbiy xizmatchilarda stress darajasining psixologik jihati bilan bir qatorda, ularning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ham e’tiborimizni qaratdik. Tadqiqotimizda harbiy xizmatchilarda stressni keltirib chiqaruvchi psixologik omillarni o’rganish uchun I.D.Ladanov va V.A.Urazaevalar tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxs faoliyatida zo’riqish omillarining ekspress diagnostikasi” metodikasi, Ya.Strelyauning “Shaxsda temperament xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi, Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi va Jyemsom Amirxon tomonidan ishlab chiqilgan “Shaxs koping indikator ko’rsatkichlari” kabi so’rovnomalardan foydalandik. Bular o’rtasida faktorli tahlil, diskriminant tahlil va korrelyatsion aloqadorlik jihatlari ham aniqlandi. Tadqiqotimiz ob’ektini O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyatidagi A-sonli harbiy qism, Samarqand viloyatida joylashgan B-sonli harbiy qism va Naviy viloyatida joylashgan V – sonli harbiy qismlardagi 180 nafar harbiy xizmatchilar tashkil etadi.
Quyida tadqiqot natijalari tahlili haqida so’z boradi. Birinchi jadvalda Jizzax viloyatidagi A-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilarining shaxs faoliyatida stress omillarining ekspress diagnostikasi xususiyatlarining umumiy o’rtacha ko’rsatkichlari keltiriladi.
Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling