Metodik tavsiyalar
Download 102.86 Kb.
|
Муцсткиллик дарси лекциясы
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv rejasi
- DASTUR MAZMUNI
- Foydalanish tavsiya etiladigan resurslar ro‘yxati
ОҚЫЎ РЕЖЕ ҲӘМ ДӘСТҮРИ
Жаңа оқыў жылының birinchi kuni akademik litseylar va professional ta’lim muassasalarining barcha guruhlarida dars mashg‘ulotlari “Mustaqillik darsi” sifatida tashkil etilib, guruh rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. O‘quv rejasi
DASTUR MAZMUNI 1. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan tinchlikparvar tashqi siyosati. Mavzu doirasida mamlakatimizning Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan qo‘shni davlatlar bilan so‘nggi 5 yil davomida olib borayotgan do‘stona munosabatlarning tarixiy ahamiyati, respublikamiz rahbarining afg‘on muammosini hal etishda ilgari surayotgan tashabbuslari, Afg‘oniston zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanligi, Markaziy Osiyo mintaqasining uzoq muddatli istiqboli, kelgusi rivojlanishining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qiladigan barqaror savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish istiqbollari, mintaqada joylashgan davlatlar terrorizm, ekstremizm, transmilliy, xususan, kibermakondagi jinoyatchilikka qarshi faqat birgalikda samarali kurash olib borishi mumkinligi aniq misollar bilan tushuntirib beriladi. 2. “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”. Mavzu doirasida mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holat, yangi O‘zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zarurat ekanligi, majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, ishsizlik, kambag‘allik, korrupsiya, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq muammolarni so‘nggi yillarda ijobiy hal etilib kelinishi, “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi bunyodkorlik ishlari, ulkan sanoat inshootlarining barpo etilishi, pandemiya davrida tibbiyotga berilgan alohida e’tibor, kadrlar tayyorlashning yangi zamonaviy tizimini joriy etilishi, xalqaro OTMlarining filiallarini yurtimizda ochilishi, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar taqdimot orqali tushuntirib beriladi. 3. “Fidoyi tadbirkorlarimiz – yangi O‘zbekistonning madadkorlari”. Mavzu doirasida mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to‘liq qayta qurilish jarayonida ekanligi, bozor mexanizmlarini amalda joriy etish boshlanganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganligi, oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravarga oshganligi, alohida sanoat zonalarning barpo etilishi, ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshlanganligi, moliya-kredit va soliq tizimlaridagi ijobiy o‘zgarishlar, tadbirkorlarga berilayotgan turli imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, subsidiyalar olish jarayonini osonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan xususiylashtirish jarayonida faqat davlat korxonalarini sotish emas, balki ularning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy sohadagi milliy manfaatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan mutlaqo yangi yondashuvlarni qo‘llashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganligi, so‘nggi to‘rt yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobarga ko‘payganligi, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarning bosqichma-bosqich hal etilib kelinayotganligi ochib beriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqining mazmuni va mohiyati. Mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqida aks etgan konseptual masalalar, respublikamizda istiqbolda amalga oshrilishi ko‘zda tutilgan ustuvor islohotlar yorqin misollar orqali tushuntirib beriladi. 5. O‘tilgan mavzular muhokamasi dars davomida ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda interaktiv usullardan keng foydalangan holda o‘quvchilar tomonidan yuqorida keltirilgan mavzular doirasida olingan bilimlar sarhisob qilinadi, tegishli xulosalar chiqariladi hamda har bir o‘quvchi o‘zining mamlakatni keyingi taraqqiyotiga qo‘sha oladigan munosib hissasi nimadan iborat bo‘lishi haqidagi savolga javobini shakllantiradi. Foydalanish tavsiya etiladigan resurslar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 16-iyulda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/4484. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari. № 165 (421), 2021-yil 17-avgust, seshanba. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 20-avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan olib borgan ochiq muloqoti. https://president.uz/uz/lists/view/4550. Download 102.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling