Metodik tavsiyalar


 Eksporter korxonalarni qo‘llab-quvvatlash kichik biznesni ekport faoliyatiga keng jalb etishni takomillashtirish


Download 102.86 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi102.86 Kb.
#1571637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Муцсткиллик дарси лекциясы

5. Eksporter korxonalarni qo‘llab-quvvatlash kichik biznesni ekport faoliyatiga keng jalb etishni takomillashtirish
Pandemiya davrida to‘qimachilik korxonalariga eksporterdan valyuta tushumini kutmasdan turib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tartibini amalga oshirish. Eksporter korxonalarning aylanma mablag‘larning yetishmasligini, eksportni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va uni moliyalashtirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish. Tadbikorlar yuqori sifat va nazorat tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlardan (Yevropa ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya) sertifikatlangan asbob-uskuna va xomashyolarni olib kelish, milliy sertifikat olish tartibini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash. Ishlab chiqarilayotgan sanoat maxsulotlari raqobatbardoshligini oshirish hamda tannarxini kamaytirish, xom-ashyo va yarim tayyor maxsulotlar uchun import boji stavkalarini pasaytirish.
6. Maxsulotlarni raqobatbardosh bo‘lishi, yangi bozorlarga chiqishi, umuman xududlararo savdo va kooperatsiya aloqalarini bog‘lashda tarnsport-logistika masalalari
Yuk avtomobillarini olib kirishga 2 yil avval berilgan bojxona imtiyozlarini yana 3 yilga uzaytirish. Ichki va tashqi temir yo‘l tariflari o‘rtasida katta farq borligi, ya’ni xalqaro tashuvlar narhi ancha yuqoriligi sababli 2 oy muddatda amaldagi tariflar kamida 25 foiz arzon bo‘lishini e’tiborga olib, temir yo‘l tariflari qayta ko‘rib chiqish. Kelgusi yilda o‘z vagoni va konteyneriga ega bo‘lgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yish va tariflarni ikkiga ajratish. Davlat tomonidan temir yo‘l infratuzilmasi va lokomotiv xizmatlarini tartibga solish, yuk vagonlari xizmatini bozor tamoyillari asosida tashkil qilish.
7. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-taomillarini soddalashtirish va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash
Tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan subsidiyalar olish jarayonini soddalashtirish. Litsenziya va ruhsatnomalarni kamaytirish. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi xujjatlar on-layn tarzda rasmiylashtirish. Tadbirkorlik faoliyatida o‘tkaziladigan har qanday tekshirish, monitoring va nazorat tadbirlarida adolat me’zonlari va qonun ustivorligini ta’minlash. Hozirgi keskin raqobat davrida, kichik biznesga har tomonlama sharoit yaratish bilan birga o‘rta va yirik biznesni yanada rivojlantirish. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, maxsulot turini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faollikni kuchaytirish, import o‘rnini bosadigan va eksportbop maxsulotlarni ko‘paytirish, hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish. Zamonaviy xizmat turlarini ko‘paytirish, “IT, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa yo‘nalishlar” da davlat xizmatlarini aussorsing asosida tashkil etishda ham xususiy sektorning faol ishtirokini ta’minlash. Biznes vakillari o‘z kadrlarini zamonaviy bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish. Halol tadbikor, intizomli soliq to‘lovchilar safini kengaytirish orqali“ yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish”


Download 102.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling