Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Key words creativity, professional skills of the teacher, professional and
creative competence, creative activity of professional development. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida pedagog kadrlarning ijodkorlik va kasbiy-kreativlik sifatlarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishda ularning innovatsion faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini baholashda STEAM, STRIM, SMART texnologiyalariga asoslangan zamonaviy usullarini joriy qilish, pedagogik jarayonlarda axborot xizmati tizimini kouching va menejerlik tamoyillariga muvofiq takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada davlatimiz o‘qituvchi tayyorlash muammolariga yaqindan e’tibor bermoqda. Professional o‘qituvchiga talab kasbiy - ijodiy kompetentligini rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘ydi. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘qituvchilar o‘z bilimlari, salohiyati va ko‘nikmalarini uzluksiz to‘ldirib borishini taqozo etadi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish an’anaviy ravishda doimo tizim sifatida, ya’ni ijtimoiy tajribalarni uzatish, o‘qituvchilarda yangi tushuncha va 205 ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni pedagogik faoliyatga texnologik va funksional tayyorlash tizimi sifatida ko‘rib chiqilgan. Malaka oshirish kurslarida o‘qituvchilar malakasini oshirishning eng asosiy maqsadi o‘qituvchi shaxsiga va uning faoliyatiga qo‘yilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy talablar bilan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda o‘qituvchi oldida turgan, ta’limni modernizatsiya qilish, yangilash hamda ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va muammolarni, shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z kasbi va lavozimi yo‘nalishidagi funksiyalarini bajarishga tayyorgarligini yetarli darajada emasligini inobatga olgan holda zamonaviy ijtimoiy talablar asosida mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat. O‘qituvchining malakasini oshirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri ulardan biri faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasida raqobat maydonini tasvirlovchi ta’limiy muhit, “ustoz-shogird” munosabatlari va o‘qituvchilarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni hisoblanadi. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘nalishida tashkil yetiladigan qulay ta’limiy muhitda ularning mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi, o‘zini-o‘zi namoyon yetishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqishini shaklantirish uchun tashkil yetiladigan motivlashtirish jarayonlarida mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil yetishning loyihalashtirish, tadqiqotchilik va suhbat uslublari maqsadga muvofiq uslublar hisoblanadi. Bunday sharoitlarda avvalgi tajribalar takomillashadi, o‘qituvchilar o‘z faoliyatini tahlil qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ishtirokchilar tomonidan o‘z faoliyatini tahlil qilish va ob’ektiv baholash amalga oshiriladi. Demak, o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘nalishida tashkil yetiladigan qulay ta’limiy muhitda ularning mustaqil ta’lim olishi uchun qiziqish shakllantirish va rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillardan biri motivlashtirish hisoblanadi. Tajribalardan ma’lumki, inson hayotda kasbiy va shaxsiy jihatdan rivojlanishida uning o‘zi tomonidan mustaqil ravishda yegallangan tushunchalari muhim ahamiyat kasb yetadi va bu tushunchalar mustaqil ta’lim jarayonida, ya’ni yangiliklar yoki zaruriy tushunchalar unga biror bir shaxs tomonidan an’anaviy ravishda o‘rgatilmaganda, refleksiv faoliyat jarayonida shakllanib, rivojlanib boradi. Kasbiy faoliyat yuqori kasbiy malaka va kompetentlikni, faoliyatni unumli amalga oshirish imkonini beruvchi turli xil samarali kasbiy ko‘nikmalarni nazarda tutadi. Shunday qilib, professionalizmning shakllanishi shaxsiy va kasbiy sifatlarni rivojlantirish hamda kasbiy mahoratga erishish bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi shundaki, o‘qituvchi shaxsi uni amalga oshirishning eng muhim shartidir. O‘qituvchining ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirishi, uning kasbiy rivojlanish predmetiga aylanganda, uning kasbiy rivojlanishining eng yuqori darajasi hisoblanadi. O‘qituvchi o‘z faoliyatini o‘zgacha boshqaradi va tartibga soladi, pedagogik vazifalarni hal etishga ijodiy yondashadi. Yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash o‘z navbatida yangi psixologik qobiliyatlarning rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchi nafaqat kasbiy faoliyat sub’ektiga, balki shaxsga ham aylanadi. 206 Pedagogik faoliyatning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlariga asoslanadi. O‘qituvchi faoliyati muvaffaqiyatining maqsadlari, tashkil etilishi va baholanishi o‘quvchining faolligini aks ettiradi. O‘qituvchi o‘z o‘quv faoliyatini shaxs shakllanishining ajralmas jarayoni sifatida qabul qilishi, shaxsning rivojlanishi va shakllanishini ta’minlovchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar tashkilotchisi sifatida harakat qilishi lozim, bu esa o‘qituvchining kasbiy ijodiy faoliyatini tashkil etishga tayyorligini xolisona talab etadi. Tayyorlik deganda ijodiy shaxs sifatida o‘zlikni anglash, ijodiy faoliyat, mustaqillik, bilim, ko‘nikma, bilimlar jarayonini tashkil etish tajribasi, ish, muloqot ijodiy faoliyat sifatida o‘quvchilar bilan ijodiy o‘zaro munosabatning zarurligi tushuniladi. Pedagog olimlar nuqtai nazaridan pedagogik faoliyatning ijodiy vazifalarni hal etish jarayoni sifatida professionologik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik ijodkorlikning o‘ziga xosligi shakllangan faoliyat ko‘nikmalari va bu metodlarni modifikatsiyalashni talab qiladigan pedagogik jarayonning rivojlantiruvchi tuzilmasining o‘zaro munosabatlarida yotadi, chunki o‘quv jarayonida egallangan metod va malakalar doimiy o‘zgaruvchan, nostandart sharoitlarda qo‘llaniladi. 2. O‘qituvchi va o‘quvchini hamkorligi va o‘qituvchining ijodiy sa’y- harakatlarini butun pedagog xodimlar ijodi bilan muvofiqlashtirish pedagogik ijod uchun zarur shart - sharoitdir. 3. O‘qituvchining ijodiy jarayonini jamoat sharoitida amalga oshirish o‘qituvchining o‘z ruhiy holatlarini boshqara olishi, o‘zlarida va o‘quvchilarda ijodiy sog‘lomlikni yuzaga keltira olish qobiliyatini talab yetadi. Motivatsion va qiymat komponenti, ko‘rib turganimizdek, o‘qituvchi kasbiy mahoratining tarkibiy yelementi bo‘lib ajralmas shaxsiy ta’lim hisoblanadi. U o‘qituvchining ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, bu esa o‘z-o‘zini rivojlantirishni nazarda tutadi. Kompetentlik yondashuviga oid psixologik-pedagogik adabiyotlarni ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatadiki, kasbiy kompetentlikning turli ta’riflari mavjud. Masalan, chet yellik tadqiqotchilar bu tushunchani ko‘pincha “chuqur bilim”, “yetarli vazifani bajarish holati”, “haqiqiy faoliyatni bajarish qobiliyati”, “harakatlar samaradorligi” deb hisoblaydilar. V.A.Slasteninning fikricha, yuqorida qayd yetilgan pedagogik faoliyat muammolarini ijodiy hal yetishga tayyorlik-o‘qituvchi kasbiy mahoratining hal qiluvchi belgisidir. Bu tayyorgarlikning shakllanishi faoliyat motivlari, maqsad va shart-sharoitlardan kelib chiqib, ularni qayta tashkil yetish orqali shaxsning individual sifatlariga asoslanadi. Shakllangan tayyorlik motivlar, munosabat va shaxs xususiyatlarining tizimini shakllantirishni anglatadi. A.V.Tutolmin professional va ijodiy kompetentlikni “ajralmas tomon”, “ajralmas kasbiy kompetentlikning quyi tizimi” deb ataydi va uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida uni shakllantirish jarayonining samaradorligiga erishish uchun bir qator shartlarga javob berish zarur deb hisoblaydi: 1. Kasbiy va ijodiy kompetentlikni kasbiy va shaxsiy komponentlarning biri ikkinchisining hukmronligi bilan ta’minlanadi. 207 2. Kasbiy - ijodiy kompetentlikning tizimlashtiruvchi omili ijodiy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlikdir. 3. Kasbiy-ijodiy kompetentlikni shakllantirish ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlashning ustuvor sohasi hisoblanishi lozim. 4. O‘quvchi - o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida ularning ijodiy o‘z- o‘zini rivojlanishini belgilovchi sub’ekt-faoliyat integrativ-rivojlantiruvchi yondashuvdan foydalanish lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar uni kasbiy - ijodiy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltiradi, bu esa uzviy kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik tizimni takomillashtirish ta’lim jarayonini shunday tashkil etishni taqozo etadiki, bu tizim asosida o‘qituvchining kasbiy va ijodiy kompetentligini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling