Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet127/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Tayanch so‘z va iboralar: pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik 
vazifalar, 
o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik faoliyat 
samaradorligi, pedagogik qobiliyatlar. 
Аннотация: В данной статье рассматривается вопрос о роли 
педагогического мастерства педагогов в повышении, эффективности 
обучения в образовании, а также о типе решения педагогических задач.
Ключевые 
слова: 
педагогическое 
мастерство, 
педагогическая 
деятельность, педагогические задачи, отличительные черты педагога
эффективность педагогической деятельности, педагогические способности. 
Annotation: This article is about the pedagogical skills of teachers in 
improving the effectiveness of teaching in education, as well as the solution of 
pedagogical tasks.
Key words and phrases: pedagogical skills, pedagogical activity, 
pedagogical tasks, teacher's characteristics, effectiveness of pedagogical activity
pedagogical skills. 
Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan 
vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog`liq. Yangi iqtisodiy siyosatga 
o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, 
o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e‘tiqodli, 
mehnatsevar, ma’naviy barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga 
yuklatilgan. 
2017–2021-yillarga mо‘ljallangan “О‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Yoshlarni ma’aviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, 
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish chora-
tadbirlari”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini 
ta’minlash, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, о‘quv 
adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda 
pedagog xodimlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etiladi [2]. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy ta’lim-tarbiya nazariyasi va 
amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid 
yechimlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratildi. Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim 
tizimiga - maktabgacha ta’lim va tarbiya, professional ta’lim, kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim tizimi uchun 


201 
mutaxassislar tayyorlab berar ekan, ularning kasbiy tayyorgarligi, ma’naviy-
axloqiy qiyofqasiga, о‘qituvchilarning tarbiyachilik darajasiga alohida talablar 
qо‘yilmoqda. 
Uzluksiz ta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik 
ma’lumotga ega bо‘lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi о‘quvchilarga 
ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. Bо‘lajak mutaxassislar о‘zini о‘qituvchi sifatida emas, ixtisoslik 
sohasida kasbiy kamol topishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Natijada bunday 
kadrlar pedagogik faoliyat yuritganda ixtisoslik fanidan chuqur bilim berishga 
harakat qiladi, lekin tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlari, tamoyillari, 
mazmun-mohiyati, metodlari, vositalari va shakllarini professional darajada tatbiq 
etishga qiynaladi. Ular uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga ustoz-murabbiy bо‘la 
olishi, har tomonlama ibrat-namuna kо‘rsatishi davr talabiga aylandi. Shuning 
uchun ham uzluksiz ta’lim tizimi uchun mutaxassis tayyorlashda bir qancha 
jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi: 
− о‘z fanini mukammal darajada bilish va amaliy faoliyatda tatbiq etishi; 
− psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollangan bо‘lishi, milliy urf-odatlar, 
an’analar va qadriyatlardan habardor bо‘lishi; 
− о‘zidagi shaxsiy-kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga 
yetkaza olishi; о‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, tarbiyachi hamdir. 
О‘zgalarga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘zi mukammal tarbiya kо‘rgan, 
ma’naviy dunyosi boy, axloqiy qiyofasi pok, estetik didi yuqori, о‘qituvchi-
tarbiyachi о‘quvchi-tarbiyalanuvchilarga xos namuna bо‘la olishi zarur. 
Buning uchun quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish lozim bо‘ladi:
− о‘qituvchi - tarbiyachiga kasb faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 
shart - sharoitlar yaratish; 
− shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyatini belgilovchi о‘quv seminarlar, 
seminar - treninglar tashkil etish; 
− pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni amaliy 
kо‘nikma va malakalarga aylantirish; 
− uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimida о‘qituvchining tarbiyachilik faoliyati 
samaradorligini aniqlash. 
O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida: “Tegishli 
ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan 
shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega”, - deb ta’kidlanadi. 
Haqiqatdan ham tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan, kasb tayyorgarligi bor, yuksak 
axloqiy fazilat sohibi bo‘lgan sabr-toqatli, mehnatsevar, tinib-tinchimas kishi 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi [1]. 
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq 
oldida javob beradigan, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan 
tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. O‘qituvchi 
faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O‘qituvchilikni o‘rganayotgan 
yoshlar avvalo o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi kerak.
U quyidagilardan tashkil topadi: 
1. O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 


202 
2. O‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; 
3. Maxsus tayyorgarlikning mazmuni va hajmi (amaliy); 
4. Ixtisosiga doir metodik tayyorgarlik. 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega 
bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarflab, katta natijaga erishadi. 
Pedagogik qobiliyat faoliyat natijasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Malaka va 
uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun 
esa yana iste‘dod, layoqat, zehn va inson asab tizimida anatomik-fiziologik jihat-
dan uni tashkil qiladigan bosh miya bo‘lmog‘i zarur. Albatta bu har bir insonda 
mavjud. Ana shu tabiiy borliqda, zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat 
taraqqiy etadi [3]. 
Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning 
quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalanmog‘i darkor: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling