Mavzu : Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari


Download 9.24 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9.24 Kb.
#1512725
Bog'liq
Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari


Mavzu : Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari

Mavzu : Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari

Reja :


  • Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha

  • Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar

  • Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari































Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha

O’sish – miqdoriy jihatdan ulg’ayish, demakdir. Taraqqiyot – sifat jihatdan o’zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o’rtasida tug’uladigan qarama-qarshiliklar. Ya’ni bolalarning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.

Psixologlar jumladan, L.S.Vigotskiyning fkticha ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini o’z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin iqbol ochib beradi, deb ko’rsatdi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bo’lib, ya’ni birinchisi faol taraqqiyot bosqichi. Ikkinchisi eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko’rsatadi.

Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko’rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatda va tarbiyga bog’liqdir.


Psixik rivojlanishda muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xosligi hayot sharoitiga, faoliyat va tarbiyaga bog’liq psixik taraqqiyotning quyidagi qonuniyatlarini farqlash mumkin:
Psixik rivojlanishning notekisligi. Har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalarni va psixik xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab qolmaydi. Bolaning rivojlanishidagi ayrim davrlarda psixikaning u yoki bu yo’nalishlarda rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi.
Psixikaning integratsiyasi qonuni. Inson psixikasi o’z taraqqiyoti davomida tobora ko’proq yaxslitlik, birlik, mustahkamlik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta boradi. N.D.Levitovning ko’rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli fragmentar psixik holatning kichik bir sitemaga uyishtirilganidan iboratdir. Psixik rivojlanish psixik holatning asta sekin o’sib, shaxs xislatlariga aylanishini anglatadi.
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati. I.P.Pavlov faqatgina tegishli ta’sir ko’rsatilsa, hamma narsani yaxshi tomonga o’zgartirish mumkinligini ta’kidlab, nerv plastikligini ko’rsatib o’tgan. Ta’lim tarbiya sharoitida bolaning psixikasini maqsadga muofiq o’zgartirish imkoniyati nerv sistemasining anashu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya uchun ham yo’l ochib beradi.
XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyda psixik taraqqiyot omillarni talqin etuvchi 2 ta yo’nalish yuzaga keldi. Bular :
Biogenetik
Sosiogenetik
Biogenetik qonun
Insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida talqin etiladi.
Antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy ro’l o’ynaydi.
Ontogenez filogenezda qisqacha takrorlanadi
Sosiogenetik nazariya – inson biologik tur sifatida tug’ulib, hayotdagi ijtimoiy shart sharoitlarni bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi deb hisoblaydi.

Xulosa :


  • Psixik rivojlanishda muhit ta'siriga nisbatan bu qonunyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonunyatlarning oʻziga xosligi hayot sharoitiga, faoliyat va tarbiyaga bogʻliq.Psixik taraqqiyotning bir nechta qonunyatlarini farqlash mumkun.

Foydaalnilgan adabiyotlar:


  • “Pedagogik psixologiya” o’quv qo’llanma, Zufarova M.E, Farg’ona 2007

  • “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”, Sh.A.Dusmuhammedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova

  • “Ontogonez psixologiyasi”, Ergash G’oziyev, Toshkent 2010

  • Arxiv.uz

Download 9.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling