Metodikasi kafedrasi bitiruvchisi eliboyev soxiba
O‘qituvchining Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, undagi “Farhod va
Download 304.56 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. “Farhod va Shirin” dostonini syujeti, kompozitsion tuzilishi.
- 3.1. Badiiy asarni ifodali o‘qish va sharhlab o‘qishga oid metodik fikrlar.
2.2. O‘qituvchining Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, undagi “Farhod va Shirin” dostonini haqidagi kirish so‘zi. Alisher Navoiy “Xamsa”sini tashkil etgan asarlar o‘rtasida “Farhod va Shirin” dostoni alohida ajralib turadi. Ulug‘ shoir bu dostonni qadimgi Sharq adabiyotida uzoq tarixa ega bo‘lgan Farhod afsonalari, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy kabi Sharq adabiyotining mumtoz so‘z san’atkorlari yaratgan “Xusrav va Shirin” dostonlarining hayotiy traditsiyalarini davom ettirgani, boyitgani holda yangi, mustaqil syujet, g‘oya va obrazlarga ega bo‘lgan asar sifatida ishladi. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonining muqaddima boblarida bu masalalarga mufassal to‘xtalib o‘tadi. “Xusrav va Shirin” manzumasini Sharq adabiyotida birinchilardan bo‘lib keng epik planda ishlab shuhrat qozongan ulug‘ ozarboyjon shoiri Nizomiy Ganjaviy, Hindistonda fors-tojik adabiyotiga asos solgan iste’dodli qalam sohibi Xusrav Dehlaviy nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Ular tomonidan amalga oshirilgan ijodiy ishning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. “Farhod va Shirin”ning maydonga kelishi esa bu silsila tarixida yangi bosqich bo‘ldi. Shunga ko‘ra ham Sharq
17 Бадриев Ф., Худойбердиев А. Алишер Навоийнинг “Фарҳод ва Ширин” достони ҳақида // Til va adabiyot ta`limi. 2011, 8-son,57-b. 41
adabiyotida Farhod qissalari tarixini kuzatish bu bilan birga ulardan har birining o‘ziga xos takrorlanmas fazilatlarini ta’kidlash jihatidan juda muhimdir. 18
“Farhod va Shirin” 1484-yilda yozilgan bo‘lib, 54 bob (5782 bayt)ni o‘z ichiga oladi. Shundan o‘n bir bob muqaddima, ikki bob xotima, qolgan qirq bir bob esa doston voqealarining asosini tashkil qiladi. Muqaddimaning dastlabki boblari hamd, na’t va bir qator bag‘ishlovlardan iboratdir. Keyingi bir necha bobda esa Navoiy dostonning yozilish sabablariga batafsil to‘xtalib, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf kabi shoirlarning “Xusrav va Shirin” yaratish borasidagi tajribalarini tilga oladi. Mohiyat jihatidan bir butunlikni tashkil qilgan bu boblarda Navoiyning “Hayrat ul-abror”dan keyin “yana bir kon” qazishga ─ Farhod qissasini yaratishdek katta ijodiy ishga kirishganligini aytadi. Alisher Navoiy Nizomiy va Xusrav Dehlaviy kabi ustodlar qadam qo‘ygan ijod maydoniga kirib, ular bilan bellashish ─ “Xusrav va Shirin”larga javob yozishning naqadar mushkulligini chuqur his qilgani holda ish boshlaydi. Farhod, Xusrav, Shirin nomlari bilan bog‘langan qissalar Sharqdagi o‘zbek, tojik, ozarboyjon, eron, hind va afg‘on xalqlari o‘rtasida ancha keng tarqalgan bo‘lib, ularning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. 60-70-yillarda O‘zbekistonda adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida samarali ishlar qilinganini qayd qilish lozim bo‘ladi. Bu yillarda metodist olimlardan S.Dolimov, A.Zunnunov, Q.Ahmedov kabi ko‘p yillar maktabda ishlab, tajriba orttirgan, til va adabiyot fanidan dars bergan tajribali o‘qituvchilar o‘z kuzatish va tajribalarini ilmiy ish bilan bog‘lab, metodik qo‘llanmalar yaratdi. Chunonchi, A.Zunnunov uzoq vaqt olib borgan tajribalarini yakunlab “G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodini X sinfda o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi, 1962-yilda uning “G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodiy faoliyatini yuqori sinflarda o‘rganish” nomli metodik qo‘llanmasi nashr etildi. Olim tomonidan “O‘zbek adabiyoti metodikasi tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va shu nomli kitobni 1980-yilda “O‘qituvchi” nashriyotidan chiqaradi. Zahmatkash olim tomonidan 1968-yilda “V – X sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish” , “Maktabda badiiy asar
18 Эркинов С. Шарқ адабиётида Фарҳод қиссаси. – Т.: “Фан” , 1985, 3-4-б. 42
tahlili” kabi metodik qo‘llanmalari chop etildi. Professor A.Zunnunov keyinchalik “Pedagogika nazariyasi” , “Pedagogika tarixi” darsliklarini yaratdi. Shuningdek, “Adabiyot o‘qitish metodikasi” 1985-1991-yillarda ettirdi. Darslikda “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanining maqsad, vazifalari, badiiy asar tahlili, adabiy o‘qish mashg‘ulotlarining tur va metodlari, yozuvchi tarjimaiy holini o‘rganish kabi masalalar nazariy va maktab tajribalari misolida yoritilgan.
Yuqoridagi darslik va metodik qo‘llanmalarni o‘rganishdan maqsad, buyuk Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid mavzuni qay darajada yoritilganini aniqlash ko‘zda tutiladi. Shunga ko‘ra prof.A.Zunnunovning “Maktabda adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligida VIII sinflarda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishga oid, aniqrog‘i, asar syujetini o‘qituvchi tomonidan bayon qilishga oid nazariy fikrlar berilgan.
Nasriy bayonchilik, tabdil, badiiy asarni nazmdan nasrga o‘girish an’nasi boshqa adabiy hodisalar singari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. XIX asr boshida Navoiy dostonlari nasriy bayonlarining dastlabki namunalari Xorazmda adib Umar Boqiy tomonidan yaratildi. Bu Navoiy dostonlarini falsafiy “murakkab” adabiyotdan ─ “sodda” adabiyotga, janrdan – janrga o‘girishning ilk namunasi edi.
Umar Boqiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda ijod etgan. Umar Boqiy haqida bizgacha nihoyatda kam ma‘lumot yetib kelgan. Unin faoliyati Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” qissalari olimlarimiz tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan.
Umar Boqiyning “Farhod va Shirin” qissasi va Navoiyning shu nomli dostoni qiyoslab o‘rganilgan dastlabki tadqiqot Abdurauf Fitratning 1930-yili “Alanga” jurnalida (1 – 2-sonlar) chop etilgan “Farhod va Shirin” dostoni to‘g‘risida”gi maqolasidir. Fitrat qissa va dostonning qiyosiy tahlilidan oldin, umuman, “Xusrav va Shirin”, “Farhod va Shirin” sayyor syujetlarining adabiyotga kirib kelishi, Firdavsiydan, Besutun tog‘laridagi bitiklardan to Navoiygacha bosib o‘tilgan yo‘li xususida batafsil to‘xtaydi. Markaziy Osiyo, xususan, Boysunda mazkur syujetlar asosida paydo bo‘lgan xalq hikoyalari haqida ham fikr yuritadi.
43
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54-bobdan iborat. Umar Boqiy dostonni xalq kitobiga aylantirishda kompozitsion yaxlitlash yo‘lidan boradi. Dostonni bir necha qismlarga ajratib, ularni o‘zi nomlaydi. Navoiy dostonidagi sarlavhalarni aynan takrorlamaydi.
Jumladan, asar boshlanishi Navoiy dostoni birinchi bobidagi kabi sarlavhasiz berilgan. “Va ollohi A`lam shahzoda Farhodni oynai Iskandarga boqqani hikoyasi”, “Shahzoda Farhodni oynai Iskandarni tamosho qilib otashi ishqqa giriftor bo‘lg‘ani”, “Farhodni ariq qozimoq bilan balo tog‘ini boshiga yog‘durg‘onini hikoyasi”, “Va bu asnoda Farhod parivashi uchun Xusravi zolimning elchi yiborganini hikoyasi” tarzida nomlanadi. 19
“Farhod va Shirin” dostonining syujeti uning g‘oyat ko‘p epizodlardan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Bu epizodlar ichida Farhod bilan Shirin sarguzashtlarining boshlanishiga sabab bo‘lgan epizod – Farhodning oynada Shirinni ko‘rib, sevib qolishi tasviridir. Shu sababli bu epizod asar syujetining,Farhod sarguzashtlarning bosh tuguni hisoblanadi. Doston syujetining kulminatsiyasi Xisrav bilan Farhod o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dialogdir : Dedi: nedur senga olamda pasha? Dedi: ishq ichra majnunluq hamesha… Dedikim: ishqig‘a ko‘nglung o‘rundur? Dedi: ko‘nglumda jondek yoshurundur… Dedi: ko‘nglung fido qilsa jafosi? Dedi: jonimni ham aylay fidosi… Dedikim: shahg‘a bo‘lma shirkat andesh! Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh! Dedi: joningg‘a bu ishdin alam bor. Dedi: ishq ichra jondin kimga g‘am bor? Dedi: ishq ichra qatling hukm etgum,
19 Бадриев Ф. Худойбердиев А. Бадиий адабиётни ўқитиш мезони. Бадиий матн таҳлили ва талқин муаммолари.-Т. 2012, 69-70-б. 44
Dedi: ishqida maqsudumg‘a yetkum. Farhodning insoniy fazilatlari, shoirning insonparvarlik qarashlari, doston g‘oyasi ana shu dialogda o‘zining mukammal ifodasini topgan. Doston syujetining yechimi Farhod bilan Shirinning o‘limidir. 20
“Farhod va Shirin” dostonining kompozitsiyasi: Dostonning kompozitsiyasi Tugun
Voqealar rivoji Kulminat- sion nuqta Yechim
Chin mamlakati hoqonining farzandsizligi- dan tashvishlanishi va nihoyat o‘g‘il ko‘rishi. Unga Farhod deb ism
berilishi. Farhodnin tarbiyalanishi. Farhod
kamolotga yetgan sari uning rangi somondek sarg‘aya borishi; ma’yusligi, otasining Farhodga o‘z xazinasini tomosha qildirishi. Farhodning unda sandiqni ko‘rishi. Yunonistonga safar qilishi, Sulaymon uzugini topishi, Farhodning sog‘lig‘i tobora
yomonlashayotganligi tufayli dengiz bo‘yiga olib borilishi, dengizda to‘lqin boshlanib, kemalarning g‘arq bo‘lishi, Farhodning bir taxta ustida hushsiz qolishi va savdogarlar tomonidan qutqarilishi, qaroqchilarni yengishi, Shopur bilan Arman o‘lkasiga borishi, ariq qazib, suv chiqarishda shuhrat taratishi. Shirin va Shirinning go‘zalligi haqidagi xabarning Eron
podshosi Xisravga yetishi, Xisravning Arman o‘lkasiga bostirib kirishi, Farhod, Shirin va Mehinbonu bilan
zolimlar o‘rtasidagi nizolar. Zulmning Farhod- ning o‘limi. Shirinning vafodor-
larcha halok
bo‘lishi. Zolimlar- ning parokanda bo‘lishi. Arman
yurtida tinch va osoyishta- likning
o‘rnatilishi.
20 Зуннунов А.Мактабда адабиёт ўқитиш методикаси.- Т.: “Ўқитувчи”,1985,119-120-б. 45
tilsimning ochilishi. Suqrot
g‘origa borishi, sirli oinani olib unda Arman dashti va bir go‘zal qizni ko‘rishi, unga oshiq
bo‘lishi. Mehinbonuning kelishi, Farhodning Shirinni sevib qolishi va boshqalar. avj olishi. Farhod bilan
Xisravning achchiq
aytishuvi.
O‘qituvchi dostonning kompozitsion tuzilishi haqida yuqoridagi mazmunda ma’lumot berayotganda yuqoridagi jadvaldan foydalanishi mumkin. 21
21 Орифий Ш. Мактабда лиро- эпик асарларни ўрганиш.- Т.: “Ўқитувчи”, 1981. 35-б. 46
III bob. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlarga xarakteristika.
Maqsad: Buyuk daho Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Farhod va Shirin” dostonining bosh siymolari Farhod va Shirin obraziga xos xususiyatlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; Farhod va Shirin obrazini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda Alisher Navoiy asarlarini o‘qishga nisbatan havasini tarbiyalash, komil insonga xos xususiyatlar haqida fikr yuritish.
Darsning metodi: suhbat, bahs – munozara, o‘qituvchining ma’ruzasi. Ko‘rgazmalilik: Mavzuga oid portretlar, turli pedtexnologiyalardan foydalanish, Navoiy dahosining tasviri, jadvallar.
Darsning ilmiyligi: Adabiyotshunos olimlarning Farhod va Shirin obrazlari haqidagi fikrlari.
O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsda o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini mazmuni, g‘oyasi, undagi qahramonlarning sarguzashtlari haqida fikr yuritgan edik. Uyga vazifa qilib adabiyot darsligining 44-60-sahifalarini o‘qib kelish, Farhodning yoshligi, ilmga chanqoqligiga oid ayrim she’riy misralarini yoq olishni tavsiya etgan edik. Qani kim aytadi: 1)
Farhod yoshligida nimalarga qiziqadi, kimlardan ta’lim oladi? 2)
Farhod Arman elida qanday ishlarni amalga oshiradi? 3)
Farhodning Shirin bilan uchrashuvi voqeasini kim aytib beradi? Birinchi o‘quvchi: Dostonda tasvirlanishicha yosh Farhod ayniqsa, ilmga qiziqadi. Mashhur imorat ustalari Moniy, Qoranlardan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. Unga zamonasining olimlaridan Mulkoro ta’lim beradi.
Ikkinchi o‘quvchi: Farhod “Oinaiy Iskandariy”da go‘zal Shirinning husnu – jamolini ko‘rib bexush bo‘lgach, tog‘da yashayotgan donishmand Suqrot bilan uchrashadi. Buyuk olim uning taqdiri haqida bashorat qilgach Arman o‘lkasiga qarab yo‘l oladi. U yerda mashaqqat bilan tog‘dan ariq qaziyotgan minglab kishilarga javob berib o‘zi qaqragan yerlarga suv ochib obi- hayot bag‘ishlaydi. 47
Uchinchi o‘quvchi: Baland tog‘ni o‘zining sirli teshasi bilan parchalagan pahlavon Farhodning Shirin bilan uchrashuvi asarda hayajonli tasvir etiladi. Darslikda bu voqea shunday tasvirlangan:
Yagona charxi nili toq ichinda! Ayonda holingda ko‘p, ko‘p bul’ ajabliq. Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq”. Mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya’ni tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o‘zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday asarlarda tarixiylikdan ko‘ra badiiy yaratuvchilik me’yori yetakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo‘nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundanda, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtai nazardan tasvirlanib, unda Shirinni hech qanday aloqasi bo‘lmagan bir shaxs sifatida tasvirlagan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat etar ekan, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo‘yadi, ikkinchidan esa obrazlar talqinini o‘zlashtiradi. Natijada Farhod toshyo‘nar hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida boshdan oyoq qatnashmaydi, balki suv kanalini qazish ehtiyoji tug‘ilgandan voqealar maydoniga kirib keladi.
O‘quvchilarni badiiy asar bilan tanishtirish dastlab sinfda o‘qish bilan boshlanadi. Sinfda badiiy asarni ifodali o‘qish o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda eng muhim va ta’sirchan metoddir. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Negaki, “faqat san’atkorona o`qish shoirlar haqida tushuncha hosil qiladi”. Shu sababli bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchining o‘zi
48
ifodali o‘qish qonun – qoidalarini, texnikasini bilib olishi kerak. Shundagina u o‘quvchilarning ifodali o‘qish san’atini puxta egallab olishlariga, badiiy asar haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va to‘g‘ri baholash malakalarini egallashlariga erishadi.
O‘qituvchi ifodali o‘qishni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ona tili darslarida olgan bilimlardan foydalanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ona tili darslarida orfoepik qoidalarni o‘zlashtiradilar. Bunday bilim ifodali o‘qishda tekstdagi intonatsiyani, urg‘uli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, o‘z o‘rnida pauza qilish, emotsional, yoqimli ovozda vazn va qofiyalarga qarab to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi. Ifodali o‘qish adabiy asarni tushunarli, ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu o‘qish san’ati yod olingan materialni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi, og‘zaki nutq bilan bog‘lanadi.
“Sharh” so‘zi arabcha bo‘lib, izohlash, tafsir, tushuntirish, ma’no berish, talqin etish demakdir. Sharh adabiy tekstni talqin etuvchi filologik tadqiqotga xos usul hisoblanadi. Sharh adabiy asarni tadqiq qiluvchi adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, tarix, estetika, tilshunoslik fanlariga bog‘lanadi.
Maktabda qo‘llanadigan tarixiy – adabiy sharhda asarning yaratilish tarixi, adabiyot tarixida tutgan o‘rni, asarda tasvirlangan voqea va shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Masalan, VIII sinfda Alisher Navoiyning “Xamsa” asari xususida gapirilganda uning yaratilishi, uni tashkil etgan dostonlar to‘g‘risida tushuncha beriladi, “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda undagi tarixiy shaxslar — Arastu, Qorun, Moniy sharhlanadi.
Yuqori sinflarda yozuvchining ijodini o‘rganishda biografik sharhlashdan ham foydalaniladi. Bunda asarning yozuvchi hayoti bilan bog‘liqligi yoritiladi. Masalan, Alisher Navoiy shaxsiyatidagi fazilatlarning u yaratgan asarlarda ham aks etganini ko‘rish mumkin.
Kamol et kasbkim, olam uyidin, Senga fayz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynish Erur hammomdin nopok chiqmoq. 49
Bu to‘rtlikda Alisher Navoiy, olamda kimki biror kasbni mukammal egallab olmasa, u hammomdan toza bo‘lmay chiqqan kishiga o‘zshib qoladi, degan fikrni ifodalaganki, shoirning o‘zi bunga hamisha amal qilib yashagan.
Buyuk shoirning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi haqida ham shu gapni aytish mumkin. Farhod xarakteriga xos o‘qishga, ilm – fanga, san’atga havas, insonparvarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar Alisher Navoiy shaxsiyatida ham mavjuddir. Shunga ko‘ra, Farhod obrazini o‘rganishda o‘quvchilar e’tibori bu masalaga ham jalb etiladi. Jahon adabiyotida asar qahramonlari haqida ko‘plab misollar keltirilgan. Ochig‘i, adabiyotning daholari o‘z roman, povest va sahna asarlarida komil inson siymosini yaratishga harakat qilgan. Ammo biror – bir buyuk adib qahramon siymosini Alisher Navoiy darajasigacha yetkaza olmagan, sababi Navoiy ideali — Farhod obrazida insonga xos barcha ijobiy sifatlar badiiy mahorat bilan ishonarli va obrazli tasvir etilgan. Farhod siymosida kishilikning ezgu orzusi bo‘lgan mehnatsevarlik, ilmga
muhabbat, gumanizm, sahiylik, vatanparvarlik, qahramonlik, shu bilan birga, pok sevgi yo‘lida o‘zini baxshida etish kabi ibratli voqealar bayon etilganki, kitobxon dostonni o‘qirkan hayajonga tushadi, o‘zini qahramonlar safiga qo‘yadi, dardiga sherik bo‘ladi, ba‘zan yig‘laydi. Jasur Farhodning jodugar hiylasi bilan jon berishi, go‘zal Shirinning Farhod nomini takror va takror tilga olib hayotdan ko‘z yumishi albatta kitobxonning ruhiyatiga, afsus va nadomatiga, qaro kuchlarini lanatlashiga sabab bo‘ladi. Dostonning badiiy – estetik kuchi ham shundadir. “Xamsa” dostonlaridagi ijobiy qahramonlar Farhod, Shirin, Mehinbonu, Qays, Layli, Shopur, Navfal, Iskandar, Arastu va boshqalar ijobiy ibrat namunalaridir. Ular o‘z hayoti mazmunini insonga, xalqqa xizmat qilishda ko‘radilar. Ular eng olijanob insoniy tuyg‘ularni o‘zlarida mujassam etganlar. Bu qahramonlarning faoliyati hayot go‘zalligi, inson qalbi pokizaligining yorqin timsolidir, degan edi navoiyshunos olimlardan biri Aziz Qayumov. 22
22 Алишер Навоий ҳаёти ва ижоди (албом).- T.: 2010, 44- б. 50
Alisher Navoiyning bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e’tiroficha, u ham Xusrav Dehlaviyda bo‘lganidek, Fahodni Chin xoqonining o‘g‘li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo‘yish masalasiga shoir alohida e‘tibor berib shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug‘ilishi kelajakdagi komil insonning tug‘ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:
Ki chun Hoqong‘a tengri berdi farzand,
Bo`lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko‘nglin aylabon xush,
Otin qo‘ymoq sori bo‘ldi raqamkash.
Kamolidin ko‘ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo‘yub yuz himmatu iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg‘a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti. Keltirigan misolning uchinchi va to‘rtinchi baytlarida Farhod so‘zining ma’nosini quyidagicha sharhlagan:
Uchinchi baytda: Chaqaloqning yuzidan shohlik farrishohlik shon shukuhi, yorug‘ligi ko‘rindi. Bunda Farhod so‘zining birinchi qismi — “far” izohlangan. To‘rtinchi baytda esa Farhod so‘zining ikkinchi qismi — “hod” shunday izohlanadi: uning “h” harfi “himmat” so‘zining birinchi harfidan, “alif” (o) “iqbol” so‘zining arabcha yozuvda birinchi harfi “d” “davlat” so‘zining birinchi harfidan olingan bo‘lib, ular to‘plansa (“h” + “o” + “d”) “hod” so‘zi kelib chiqadiki, uning ma‘nosi “yo‘l boshlovchi”dir. Bas shunday ekan, Farhod so‘zining ma‘nosi shohlik shon-shuhratiga ega bo‘lgan, himmatu iqbol, baxtu saodat va davlat sohibi degan ma’noni anglatadi. Bu bilan Alisher Navoiy Farhod shahzodagina emas, balki eng olijanob fazilatlarga ega shahzoda ekaniga ishora qilmoqda.
Ikkinchi sharh: 51
Bu “far”ni “hodi”yi baxt etgach irshod,
Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod.
Bunda shoir “Farhod” so‘zini ikki qismga — “far + hod” bo‘lib shunday sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo‘lgan shahzoda Farhod – baxt tomon “hodiy”lik – yo‘lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya‘ni Farhod baxtli bo‘lishga intiluvchilar rahnamosidir.
Uchinchi sharh:
Bu nav‘ ermas ato qo‘ymadi otin,
Ki ko‘rgach ishq aning pokiza zotin.
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab. Bunda shoir Farhod so‘zining har bir harfi “firoq”, “rashk”, “hajr”, “oh” va “dard” so‘zlarining birinchi harflaridan (“firoq”dan “f”, “rahk”dan “r”, “hajr”dan “h”, “oh”dan “o” va “dard”dan “d”) iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning “ishq”ahlidan ekaniga urg‘u beradi.
Shunday qilib, “Farhod” so‘ziga berilgan bu uch sharhga diqqat qilinsa, unda shu nomga (Farhod) ega bo‘lib, Alisher Navoiy tasvirlagan badiiy obrazning mohiyati ochiladi hamda butun doston davomida u ana shunday fazilatlari bilan namoyon bo‘ladi. Bu hol uning yoshligidan, maktabda o‘qish jarayoni, ilm o‘rganishdan ko‘zga tashlanadi.
Download 304.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling