Metodikasi Reja: 1


Download 34.08 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi34.08 Kb.
#1489680
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-2- sinflarda “atrofimizdagi olam” darsligini o’qitish metodikasi


1-2- sinflarda “atrofimizdagi olam” darsligini o’qitish metodikasi
Reja:

  1. 1-sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi.

  2. Kuzatishlar bilan bog’liq bo’lgan birinchi mashg’ulotni maktab o’quv-tajriba maydonida o’tkazish

  3. Mustaqil kuzatishlar o’tkazish

  4. Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi.



1- sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi. 1- sinf o’quvchilari tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’rganmasdilar, balki kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shu-ningdek, “O'qish kitobi”ga kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. 1986- yildan boshlab, 1- sinf o’quvchilari yangi o’quv predmeti - “Atrofimizdagi olam”ni o’igana boshladilar. Bu o’quvchilar bilan ilk mashg’ulotlardan boshlab, ya'ni savod o’igatishning alifbe davridayoq o’qituvchi o’quvchilar e'tiborini o’z joyidagi tabiat obyektlarini o’lka-shunoslik yo’nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikda o’qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi. To’g’ri tashkil etUgan kuzatishlar 1- sinf o’quvchilarida tabiat to’g’risida tasavvurlar shakllantirishga, unga muhabbatni va ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lishni taibiyalashga yordam beradi. Yana shu holatni hisobga olish kerakki, 1- sinfga kelgan bolalar muayyan ko’nikmalarga ega bo’ladilar, kuzatishlar jarayonida ularni rivojlantirish zarur.
1- sinfda shakllantirilishi kerak bo’lgan asosiy tushunchalar - “tabiat”, “jonli va jonsiz tabiat”, “erta gullaydigan o’simliklar”, “darrandalar”, “qushlar”, “baliqlar”, “hasharotlar” tushunchalaridir. Bu tushunchalar mazmun jihatidan murakkabdir, shunga ko’ra 1- sinf o’quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to’g’risida faqat oddiy tasavvurlarni shakllantirish kifoyadir. Masalan, bolalar hasharotlar to’g’risida ularning tanasi, bosh, ko’krak va qorin qismlar haqida, ularning uch juftdan oyoqlari borligi to’g’risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o’zlashtirib olishlari uchun o’quvchilar uncha katta bo’lmagan guruhlarga bo’linib, ular bilan dastur bo’yicha muntazam kuzatishlar o’tkazilishi zarur.

Download 34.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling