Metodist va uning maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni Seminar-trening “___” __________ .2023 yil Ma’ruzachi: Bandixon tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Oliy ta`lim muassasalariga va maktabga tayyorlov ” yo`nalishi uslubchisi N.Nurqulova METODIST maktabda o‘quv- metodik va tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi, to‘garaklarni shakllantirishda bevosita ishtirok etuvchi,o‘quv dasturlari ustida ishlovchi, barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatuvchi hamda uslubiy nazoratni olib boruvchi xodim xisoblanadi. METODIST quyidagi vazifalarni amalga oshiradi; -Yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini muntazam takomillashtirib borish; - Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosidagi ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish -Yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv - metodik qo‘llanmalar tayyorlash -Maktablardagi tayanch to‘garaklarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish -Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniya orqali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish -Ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga va to‘garaklar mashg‘ulotlarining sifatini oshirishga oid turli anjumanlar, o‘quv va ko‘rik- tanlovlarda ishtirok etish. “Barkamol avlod” bolalar maktabi metodistlari quyidagilarni bilishi kerak - O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi” qonunlarni; - Xukumatimizning ta’limga oid qaror va farmoyishlarini, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-xuquqiy xujjatlarini: - Maktabdan tashqari ta’limga quyiladigan Davlat talablari mazmuni, o‘quv-tarbiya sifati, Davlat talablari joriy etish natijalarini taxlil qilishni; - Multimediya qurilmalari bilan ishlashni asoslarini; -Ta’lim muassasi faoliyatiga quyilgan sanitariya-gigena talablarini, mexnatni muxofaza qilish, texnika xavsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini; Metodist tomonidan ko‘rsatiladigan uslubiy xizmatni shartli ravishda 3 guruxga ajratish mumkin: 1.Uslubiy-amaliy xizmat. 2.Uslubiy nazorat. 3. Xodimlarning o‘z ustida ishlashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |