Metodlar klassifikatsiyasi. Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan metodlar tasnifi


Grigoryans A.G., Atrofimizdagi olam. 1-sinf uchun darslik. –T.: “Choʻlpon”, 2012-y


Download 217.4 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi217.4 Kb.
#266813
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu taqdimoti

6. Grigoryans A.G., Atrofimizdagi olam. 1-sinf uchun darslik. –T.: “Choʻlpon”, 2012-y.

Metodlar klassifikatsiyasi

Oʻqitish metodi oʻqituvchining bilimlar berish va ayni paytda ularni oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirib olish usulidir.

Muhim belgilarga qarab metodlarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

  • Oʻquvchilar bilim oladigan manbalar;
  • Oʻquvchilar faoliyatining xarakteri;
  • Oʻqitish jarayonida oʻquvchilar faoliyatining xarakteri.

Tabiatshunoslikni oʻqitish metodlari uchta asosiy guruhga boʻlinadi:

Ogʻzaki metodlar - oʻqituvchining materialni ogʻzaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash;

Koʻrgazmali metodlar - namoyish qilish - (koʻrsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar;

Amaliy metodlar - ogʻzaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya ishlari.

Kuzatish metodi

Tabiatni oʻrganishning koʻrgazmali metodidir. Kuzatish vaqtida oʻquvchilar tabiat jisimlari va hodisalari ularning xususiyat va sifatlari, ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar haqida tasavvurlar oladi. Kuzatish vaqtida oʻquvchilar tomoshabingina boʻlib qolmasdan, narslarning xaraktyerli xususiyatlarini bilib olishga intiladi. Kuzatish jarayonida amaliy xarakterdagi bilimlar oʻquvlari hosil qilinadi. Uzoq muddatli kuzatishlarga oʻsimliklarning oʻsishi, daraxt bariglarining oʻzgarishi, qushlarning uchib ketishi. Kuzatishlar kollektiv yoki yakka holda olib boriladi. Kuzatishga oson uddalasa boʻladigan obyektilarni olgan yaxshi. Boshlangʻich sinflar uchun oʻlkashunoslik kuzatishlari sistemali boʻlgan yaxshi. Kuzatishlarning natijalari yil fasllari boʻyicha kuzatishlar kalendarida belgilab boriladi.


Download 217.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling