Metodlardan foydalanish
www.scientificprogress.uz
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
abdulla-qodiriy-asarlarini-o-rganishda-interfaol-metodlardan-foydalanish
www.scientificprogress.uz
Page 122 kelinayotgan “O’tkan kunlar” romani asosida ishlangan kinofilmning asl rangli nusxasi xalqimizga to’yona sifatida taqdim etildi. Bu ham asarning xalqimizning sevimli asari ekanligidan dalolat beradi. “О‘tkan kunlar” ning ma’no – mundarijasi doirasi keng, unda xilma–xil ijtimoiy, ma’naviy muammolar aks ettirilgan. “О‘tkan kunlar” romanida xalqimizning muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, ahvol–ruhiyati, ma’naviy dunyosi, bо‘y–basti, qiyofasi keng kо‘lamda aniq–ravshan gavdalantirilgan, xalqning dunyoqarashi bor holicha kо‘rsatilgan. О‘zbekning urf–odatlari, oila qurish, uy–rо‘zg‘or tutish, mehmon kutish, er–xotin, ota–bola munosabatlari, tо‘y-yu aza, har xil majlislar, quvonchli, zavqli damlar, dramatik–fojiaviy voqealar, kechinmalar, hayot –mamot ahamiyatiga molik ulkan ijtimoiy–tarixiy hodisalar, о‘rda hayotidan tortib, oddiy miskin kimsalarning xilma–xil tabaqaga mansub kishilarning turmush tarzi, tashvish–quvonchlari mujassam. Bundan tashqari A.Qodiriyning “О‘tkan kunlar” romanida pok muhabbat tarannum etilgan. Adib romanda yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, ular orasidagi mehr–ehtirom, bir – biriga muhabbat, samimiyat, sevgi – sadoqat, fidoiylik tuyg‘ularini topib tasvirlaydi. “Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nimaga desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi, deb aytgan edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurgan chog’ida 4 . Haqiqatdan ham, yurtimizda “O’tkan kunlar” asari kirib bormagan biror bir xonadon bo’lmasa kerak. “O’tkan kunlar” romani yaratuvchilikka, ezgulikka, gо‘zallikka intiluvchan yoshlarni tarbiyalash, ular kо‘nglida yetuk insonlarga havas hissini uyg‘otish, el e’zoziga sazovor bо‘lgan sо‘z san’atkorlari kabi qalbi uyg‘oq shaxslarni voyaga yetkazish mumkin. Umumiy o’rta ta’limning 10–sinfda va akademik litseylarning I bosqichida “О‘tkan kunlar” romanini ana shu maqsadlardan kelib chiqib о‘rganishdan avval kirish mashg‘uloti tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday kirish mashg‘ulotida о‘quv dasturida belgilangan vazifalar qisman hal etiladi: – Abdulla Qodiriy о‘zbek romanchiligining asoschisi ekanligi; –о‘zbek nasrida realistik metodning qaror topishida Qodiriyning xizmatlari; –XX asr millat ma’naviy hayotida “О‘tkan kunlar” romanining о‘rni. Demak, romanning ijodiy tarixi va taqdiri kabi masalalar yoritilаyotganda, о‘qituvchi adabiyotshunos olimlardan Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Naim Karimovning “О‘tkan kunlar” haqidagi risola va maqolalaridan ayrim kо‘chirmalarni о‘qib bersa, dars yanada mazmunli о‘tadi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning о‘g‘li 4 “O’zbekiston adabiyot va san’ati”gazetasi. 2020 yil 5-yanvar №1 SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling