Metodlardan foydalanish


www.scientificprogress.uz


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1536009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulla-qodiriy-asarlarini-o-rganishda-interfaol-metodlardan-foydalanish

www.scientificprogress.uz
 
Page 123
Habibullo Qodiriyning “Otam haqida”, shoir Shukrulloninng “Kafansiz kо‘milganlar” 
tarixiy hujjatli asarlaridan ham qiziqarli ma’lumotlarni keltirib о‘tish foydalidir. 
Xullas, dars jihozlari sifatida adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy 
albom, matbuot materiallari, adabiyotshunos olimlar asarlari tanlanadi. Ular sinfda 
yaxshigina kо‘rgazma holida qо‘yilib, о‘quvchilarga taqdim etiladi. Romanda turli 
ijtimoiy guruh vakillarining obrazlari mavjud. Hech kimga sir emaski, obraz yaratish 
murakkab jarayondir. Har bir obraz tarixiy, hayotiy voqea va badiiy tо‘qima faktlarning 
tajassumidir. Otabek, Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo shohichi, Homidlar–
davlamand va savdogarlar muhiti vakillari: Azizbek, Musulmonqul, Xudoyorxon
О‘tabboy qushbegilar–hukmdor sinf vakillari bо‘lib, adib bu obrazlarni yaratar ekan, 
real protiplarga va tarixiy xronikal mateialga tayangan; Usta Olim, Hasanali –fuqarolar 
sinfidan bо‘lishsa, xilma–xil xarakterdagi xotin–qizlar obrazi: Kumush, Oftoboyim, 
Xushrо‘y, О‘zbek oyim timsolini yoritish yozuvchidan ancha mahorat talab qilgan va 
shuni e’tirof etmoq joizki, buni adib uddasidan chiqqan. Yozuvchining shu mahoratidan 
kelib chiqib, dars jarayoninida asarni tahlil qilishda “Teskari test” metodidan 
foydalanish ham asar qahramonlarining portretini chizishda juda qo’l keladi.
Bunda testning javobi belgilanadi va o’quvchilar shu javobga muvofiq savol 
tuzadilar va bu metod javobga nisbatan qanday fikrlar borligini ko’rsatadi.
TESKARI TEST METODI 
1. ………………………………………………………………………. ? 
A) Ziyo shohichi
B) Raxmat 
C) Otabek
D) Homid 
(savol variantlari quyidagicha bo’lishi mumkin.) 
1. Kumushga g’oyibona oshiq bo’lib yurgan, ammo unga erisholmagan qahramon 
kim?
2. Otabek va Mirzakarim qutidorga tuhmat qilib, ularni dor oldiga boshlab borishga 
harakat qilgan obraz? 
3. Ayollarga past nazar bilan qaraydigan, ularni yaratganning xatosi deb biladigan 
qahramon nomi keltirilgan qatorni toping.
4. “Qamchingdan qon tomib tursa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tirklik 
qilasan” so’zlari kim tomonidan aytilgan? 
5. Otabek va Kumush orasiga nifoq solishga harakat qilib, o’z umriga zomin 
bo’lgan salbiy qahramon kim? ) 
Bu metod bir tushunchaga kengroq yondashishda, kam vaqt ichida katta natijaga 
erishishga yordam beradi.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling