Metodologiyasi
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: «Ma’naviyat»
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: «Ma’naviyat».
2009. 31-32-bb. tushirish ishlariga alohida e’tibor berilgan va hatto bu voqealarni qog‘ozga tushirib boruvchi maxsus kishilar ham shakllangan. Ilk o‘rta asrlar tarixining muhim jihatlari va jamiyat hayoti- ning turli jihatlarini aks ettiruvchi yana bir muhim manbalardan biri 0 £rxun-Yenisey bitiktoshlari V asr o‘rtalari — V III asr bi rinchi yarmida Sharq, xususan Osiyoning bepoyon hududlari- da hukmronlik qilgan va o‘z davlatchiligini shakllantirgan turkiy xalqlarning tarixiga oid manbalardir. 0 ‘rxun-Yenisey bitiktoshlari V—VIII asrlarda qadimgi turk ti- lidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Mo‘g‘ulis- tondagi 0 ‘rxun va Janubiy Sibirdagi Yenisey daryolari sohillari- da topilgani uchun ham mazkur yodgorliklar umumiy holda shu nom ostida yuritiladi. Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizgacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududlarda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham 0 ‘rxun yozuvidan foydalanilgan. 0 ‘zbekiston hududlarida (Farg‘ona, Surxondaryo), Qozog‘istonning Talas vodiylaridan 20 dan ortiq turkiy—run yozuvi yodgorliklari topilgan. Qadimgi turkiy yozuvlardan biri hisoblangan 0 ‘rxun-Yenisey yozuvining ilk ko‘rinishlari davlatning ma’naviy hayotida ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin bular turkiylarning dastlab- ki yozuvlari emas, Sirdaryo bo‘ylaridan (miloddan avvalgi III—II asrlar) hamda Qozog‘istonning Issiq qo‘rg‘onidan (miloddan av valgi IV asr) topilgan yozuvlar ham turkiylarga xos bitiklar hi soblanadi. Bu bitiklar orasida albatta 0 ‘rxun-Yenisey bitiktoshlari alohida tarixiy ahamiyatga ega, ayniqsa Kultegin, Bilga xoqon, To‘nyuquq yodnomalarida turk xoqonligi va uning bir qator dav- latchilik masalalari, boshqaruvi, davlatning tanazzuli, siyosiy tarqoqlik kabi holatlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Kultegin bitiktoshi 732-yilda Turk xoqonligi (551—745)ning lash- karboshisi sharafiga o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan — Kichik va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig‘ takin) iborat. Bitikda Tabg‘ach, Tibet, So‘g‘d, Turkash, Qirg‘iz kabi nomlar tilga olingan. Bitik- toshlar XIX asr oxirlarida topilib, U. Tomsen tomonidan o‘qilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Turk - run bitiklari AQSH, Pol- sha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossi- yada V.Radlov, S.Malov, LStebleva ishlari m a’lum. 0 ‘zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov va boshqalar tadqiqot ishlarini chop qildirganlar. Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi ma’rifatli jamiyat qurishning muhim omili bo‘lib xizmat qilar ekan, tarix bunda o‘tmishni anglash, uni his etish va tushunish pirovardida kishilar ruhiyatida ma’naviy va ruhiy e’tiqodni shakllantirish va bu orqali jamiyat- ni m a’naviy jihatdan isloh qilish, ayni vaqtda o‘zlikni anglash va milliylikni saqlab qolishda eng muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. «Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi»1. Sharqda, xususan hozirgi 0 ‘zbekiston hududlarida yashab ijod qilgan fozil kishilar tomonidan yaratilgan tarix, shuningdek geo- grafiya va falsafaga oid asarlarning aksariyatida tarixiy jarayonlar va voqealarni yoritib berishga katta o‘rin berilgan. Qizig‘i shunda ki, XV asrgacha bolgan davrdagi bu asarlar mualliflari orasidan (Narshaxiy, Juvayniy kabilarni hisobga olmagan holda) bironta- sini aynan tarixchi deb ko‘rsatish mushkul yoki ular sanoqligina, sababi sharq tarixnavisligining, asosan islom olami tarixnavisla- rining ko‘pchiligi tarixdan boshqa sohalarda ham yetuk olimlar va fozil kishilar hisoblangan. Bu esa ularga tarix sohasidagi bi- limlarni faqatgina ro‘yi-rost voqealarni tavsiflash (tarixiy materi- alizm) orqali emas, balki ularning kelib chiqish sabablari, maz muni va natijalari hamda oqibatlarini ham tahlil qilgan holda, ularning alohida shaxs yoki insonga va ayni vaqtda mamlakatga, jamiyatga ta’sirini falsafiy mushohadalar orqali yoritib berishla- riga imkon bergan. Tarixni yoritishga bo‘lgan bunday yondashuv- Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling