Metralogik tekshiruv va nazorat Reja Metrologiyaning vazifasi
Download 45.55 Kb.
|
Metralogik tekshiruv va qonuniy asoslari
Metralogik tekshiruv va nazorat Reja Metrologiyaning vazifasi Metralogik tekshiruv va qonuniy asoslar Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy Metrologiyaning vazifasi Ma’lumki metrologiyaning vazifasi bizni o’rab turgan borliq atrof muhit to’g’risida axborot hosil qilishdan va undan foydalanishdan iboratdir. Metrologiya yunonchadan olingan bo’lib, “metro” – o’lchov, “logos” – fan, mantiq ma’nosini bildiradi. To’liq ta’rifini olsak, metrologiya – o’lchash haqidagi fandir, o’lchash usullari va vositalari yordamida yagona o’lchashni hamda uni talab etilgan aniqlikda ta’minlash yo’llarini o’rgatadigan fandir. Metrologiyaning, ya’ni o’lchashlarning mohiyati, ahamiyati fan-texnika-ning rivojlanishida beqiyos bo’lib va u bilan bog’liq muammolarni yechishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Shu boisdan, to’la ishonch bilan aytish mumkinki, o’lchash, inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Аyniqsa, hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo’nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya fani bilan bog’liq. Inson qo’li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo o’lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o’rganilgan, izlangan hamda ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo’lgan birorta yo’nalish yo’q. Shuning uchun ham metrologiya asoslarini bilish, uni o’z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo’llash texnika va texnologiya sohalaridagi bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi- bu esa ushning dolzarbligini belgilaydi. Maqsad: xalq xo’jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol hamda mahsulot sifati, sifatni boshqarish tizimini joriy etishga bog’liq bo’lgan turli metrologik masalalar bilan shug’ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish, o‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalanishni o’rganish. Vazifalar: O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishni o’rganish hamda o’lchashlarda qo’llaniladigan va me’yorlangan metrologik xususiyatlariga ega bo’lgan texnik vositalar yordamida o’lchash amaliyotda qo’llash.. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020- yil 7 - apreldagi O‘zbekiston Respublikasining « Metrologiya to‘g‘risida» gi O‘RQ-614- son qonuni 26-moddasida, jumladan, shunday deyilgan: « O‘lchash vositalarini kalibrlash.O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi. Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta’mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin. O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi. O’lchashlarda qo’llaniladigan va me’yorlangan metrologik xususiyatlariga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositalari deyiladi va ular yordamida o’lchash amali o’tkaziladi» Download 45.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling