Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari


Download 435.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.10.2023
Hajmi435.7 Kb.
#1711722
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MARUZA-2



METROLOGIK TEKSHIRUV VA NAZORAT 
1. Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari 
Metrologik tekshiruv va nazorat o‘lchashlar birliligini ta’minlash, davlat va 
jamiyatni, atrof tabiatni o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan 
himoya qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari: 
- metrologiya bo‘yicha qonunlarning va me’yoriy hujjatlar talablarining 
bajarilayotganligini tekshirish; 
- metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zarur 
bo‘lganda esa, oldini olish; 
metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi: 
- o‘lchov birliklari; 
- o‘lchash va sinash vositalari, shu jumladan etalonlar, modda va 
materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari, axborot-o‘lchash tizimlari; 
- o‘lchash va sinashlarni bajarish metodikalari; 
- o‘lchash va sinashlarning natijalari; 
- o‘lchash vositalarini yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi, foydalanuvchi, 
qiyoslovchi va ijaraga beruvchi, o‘lchashlarni bajarish metodikalarini yaratish, 
attestatlashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari; 
- o‘lchashlarni amalga oshiruvchi shaxslar; 
- metrologik talablar qo‘yiladigan boshqa ob’ektlar. 
2. Metrologik tekshiruv nazorati
Metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga bo‘linadi: 
- davlat metrologik tekshiruvi va nazorati
- yuridik shaxs tomonidan bajariladigan metrologik tekshiruv va nazorat. 
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati – Davlat metrologik xizmati 
qonuniy belgilangan sohada amalga oshiradigan faoliyati. 
Qonuniy belgilangan sohada davlat metrologik tekshiruv va nazoratini 
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – O‘zstandart Agentligi va unga qarashli 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi bo‘limlar 
(keyinchalik – davlat metrologik xizmat idoralari) amalga oshiradi. 
O‘zbekiston davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarida, tadbirkorlik 
sub’ektlarida o‘lchashlar birliligini ta’minlash va metrologik tekshiruv va nazoratni 
amalga oshirish uchun metrologik xizmatlar tashkil etilishi mumkin. 
Bunda metrologik xizmatlar: 
- vazirliklar va mahkamalarda – o‘lchashlar birliligini ta’minlash va 
o‘lchashlar doirasida tarmoq vazifalarini, metrologik tekshiruv va nazoratni amalga 
oshirish uchun; 


- davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarida, tadbirkorlik sub’ektlarida – 
birlashmalar tarkibiga kirgan korxonalar tomonidan topshirilgan o‘lchashlar 
birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun; 
- tadbirkorlik sub’ektlarida – o‘lchashlar birliligini ta’minlash va 
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. 
YUqorida nomlari ko‘rsatilgan ob’ektlarga nisbatan davlat metrologik 
tekshiruvi va nazorati natijalari quyidagilarda foydalaniladigan o‘lchashlarga 
nisbatan qo‘llaniladi: 
- sog‘liqni saqlash va veterinariyada; 
- atrof muhit holatini tekshirishda; 
- oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tekshirishda; 
- mehnat sharoitlari vatransport harakatining xavfsizligini tekshirishda; 
- geodeziya va gidrometeorologik ishlarni o‘tkazishda, foydali qazilmalarni 
qazishda; 
- energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish va sifat va 
miqdorini tekshirishda; 
- moddiy boyliklarni hisobga olishda; 
- savdo-sotiq, bojxona, pochta va soliq ishlarini bajarishda; 
- telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda; 
- davlat xavfsizligini ta’minlashda; 
- zaharli, oson yonuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, 
tashish va yo‘qotishda; 
- sertifikatlashtiriladigan 
mahsulotning 
xavfsizligini 
va 
sifat 
ko‘rsatkichlarini aniqlashda; 
- o‘lchash vositalari va metodikalarini davlat sinovlari, qiyoslash
kalibrlash, ta’mirlash va metrologik attestatlashda; 
- milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishda. 
O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga asosan davlat 
metrologik tekshiruvi va nazorati faoliyatning boshqa sohalarida ham qo‘llanilishi 
mumkin. 
O‘zstandart Agentligi o‘lchash vositalarini qiyoslash, metrologik attestatlash 
va sinash huquqini metrologik ishlarning bu turlari bo‘yicha akkreditlangan yuridik 
shaxsga o‘rnatilgan tartibda berishi mumkin. 
Bunday hollarda metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarga talablar 
O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo‘yicha aniqlanadi. 
“Metrologiya to‘g‘risida” Qonunga muvofiq davlat metrologik tekshiruvi va 
nazorati ob’ektlari quyidagilardan iborat: 

etalonlar; 

o‘lchash vositalari; 

moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari; 

axborot-o‘lchash tizimlari; 

o‘lchashlarni bajarish metodikalari; 

xodimlar; 

metrologiya me’yorlari va qoidalarida ko‘rsatilgan boshqa ob’ektlar. 



Download 435.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling