Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari


 Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart


Download 435.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi435.7 Kb.
#1711722
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MARUZA-2

4. Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart 
namunalari 
Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
tizimi (O‘zO‘BTT) ning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
O‘lchash birliligini ta’minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun 
qo‘llaniladi: 
– o‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestalash, 
darajalash, shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida 
metrologik tafsilotlarini tekshirish uchun; 
– O‘BM ni metrologik attestatlash; 
– O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning hatoliklarini o‘zlarida 
o‘rnatilgan algoritmlarga muvofiq tekshirish; 
– metrolgik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. 
O‘lchashlarning ba’zi turlarida SN tekshirish sxemasi tarkibiga etalon 
(O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos qiyoslash sxemasida 
o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin. 
SN tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga 
ajraladi: 
– davlatlararo SN (DASN); 
– davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN); 
– ishlab chiqaruvchining SN (KSN). 
Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi: 
O’z DSN – O’zbekiston davlat standart namunasi. 
Ishlabchiqaruvchiningstandartnamunalariuchun: O’z ICHSN-O’zbekiston 
ishlab chiqaruvchining standart namunasi 
Turli toifadagi SN qo‘llanish doirasi:
– DASN va DSN uchun sertifikatlashtirilgan standart namuna (SSN) 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, shu jumladan, agar SN turining 
tavsifida eslatib o‘tilmagan bo‘lsa, davlat metrologik tekshiruv va nazorati 
qo‘llaniladigan sohada ham qo‘llaniladi; 
– ishlab chiqaruvchining standat namunasi (ICHSN) O‘zbekiston xalq 
xo‘jaligining barcha sohalarida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan 
mustasno, qo‘llaniladi. 
ICHSN ni qo‘llanish sohasi SN ni qo‘llanishga oid guvohnomada yoki 
yo‘riqnomada eslatib o‘tiladi. 


SN vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan (tan olingan) dan keyin o‘z 
vazifasi bo‘yicha qo‘llanishga ruxsat etiladi. 
O‘zbekiston davlat metrolgik tekshiruv va nazorat sohasida O‘zstandart 
Agentligi bergan sertifikatga ega SN yoki “DASN” yoki “DSSN” (ruscha “MSO” 
yoki “GSO”) belgilari bo‘lgan SN, 1992 – yilgacha chiqarilgan va o‘z kuchini 
yo‘qotmagan SN ni qo‘llanish ruxsat etiladi. 
Xorijda ishlab chiqarilgan, import bo‘yicha keltiriladigan SN qo‘llanishga 
belgilangan tartibda ruxsat etiladi. 
Xalqaro va hududiy tashkilotlarda yaratilgan SN, agar bu ishda O‘zbekiston 
qatnashgan va (yoki) SN ni tan olishga qo‘shilgan bo‘lsa, bunday SN uni tan 
olishda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq qo‘llaniladi. 
SN uchun metrologik tavsilotlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, bunday 
tavsilotlar SN ni yaratish va chiqarishga hujjatlarda me’yorlanadi. 
SN ni yaratish va chiqarish hujjatlarida ularning muayyan turlari uchun 
texnik topshiriqlar (TT) va texnik shartlar (TSH) da quyidagi metrologik tavsilotlar 
me’yorlanadi: 
a) SN ning attestatlanadigan tafsilotining ahamiyati; 
b) attestatlanadigan qiymatning hatoligi (noaniqligi); 
v) SN materialining bir jinsli emasligi natijasida sodir bo‘ladigan hatolik 
(noaniqlik); 
g) SN nushasining yaroqlilik muddati; 
d) tashqi omillarning ta’sir darajasi. 
SN tafsilotlarining qiymatlari SN ni attestatlash jarayonida o‘rnatiladi va 
turining tavsifnomasi, shuningdek SN nushasining sertifikati (guvohnomasi) da 
ham keltiriladi. 
SN 
ning 
sertifikati 
(guvohnomasi) 
da 
keltiriladigan 
metrologik 
tafsilotlarning qiymatlari SN to‘pining har nushasiga, yoki SN ning muayyan 
nushasiga oid bo‘ladi. Bu qiymatlarining o‘zi SN nushasining SN ni qo‘llanish 
bo‘yicha 
hujjatlarda 
o‘rnatilgan, 
qo‘llanish 
protsedurasiga 
muvofiq 
foydalaniladigan har qanday qismga ham taalluqli bo‘ladi. 
SN ning yaroqlilik muddati yuqori chegarasi cheklanmaydi.
Agar yaroqlilik muddati o‘rnatilmagan yoki SN ning yaroqlilik muddati 10 
yildan ortiq bo‘lsa, bu holda SN ning metrologik tafsilotlari 10 yilda kamida bir 
marta tekshiriladi, tekshirish tartibi SN ni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomada yoki 
bunday protsedurani belgilaydigan alohida hujjatda ko‘rsatiladi. 
SN ni ishlab chiqish (yaratish) asosiy bosqichlari: 
a) attestatlash dasturi va (yoki) metodikasining loyihasini o‘z ichiga olgan 
SN ga texnik topshiriqni ishlab chiqish; 
b) texnik topshiriqni metrologik eksperitiza qilish, kelishish va tasdiqlash; 
v) SN ni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va eksperimental ishlarni 
o‘tkazish; 
g) attestatlash dasturi va (yoki) metodikasiga muvofiq SN ning metrologik 
va texnik tafsilotlarini o‘rnatish; 


d) SN ga hujjatlarni ishlab chiqish, SN ni ishlab chiqishga oid hisobotni 
rasmiylashtirish, SN seriyali yoki kichik seriyali ishlab chiqariladigan bo‘lsa, 
texnik shartlar (TSH) ishlab chiqiladi; 
e) SN ni ishlab chiqishga oid hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish; 
j) SN ni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish. 
SN ni ishlab chiqishga texnik topshiriqni yaratuvchi-tashkilot tuzadi va 
tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati sohasida qo‘llanishga mo‘ljallangan 
SN ni yaratishga TT O‘zbekiston Standart namunalar Bosh markazi – SMS ITI 
yoki O‘zstandart Agentligi bilan kelishishi lozim. 
Ro‘yxatga olishda davlat standart namunalariga o‘lchash vositalari davlat 
reestrining “Standart namunalar” bo‘limidagi ikkita raqamdan iborat nomer 
beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxatga olish 
nomeri 
va 
ikki 
nuqta 
bilan 
ajratilgan 
tasdiqlash yili ko‘rsatiladi 
(XX.XXXX:XXXX). 
Masalan, O’zDSN 03.0179:2002. 
Ishlab chiqaruvchilarning standart namunalarini ro‘yxatga olishda ularga 
korxonalar va tashkilotlar Umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha KTUT kodining 
sakkizta raqamidan iborat nomeri beriladi. Bu raqamlardan nuqta bilan ajratilgan 
to‘rtta raqamli ro‘yxat nomeri va qo‘sh nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili 
yoziladi (XXXXXXXX.XXXX:XXXX). 
Masalan, O’z IChSN 00934175.0009: 2001. 
Xorijda ishlab chiqarilgan import bo‘yicha keltirilgan, O‘zbekistonda tan 
olingan va qo‘llanishga ruxsat etilgan yoki xalqaro va hududiy tashkilotlar 
doirasida ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda tan olingan SN o‘lchash vositalari 
davlat reestriga kiritiladi, bunda ularga ro‘yxatga olingan nomer beriladi, qavslar 
ichida esa, ishlab chiqargan mamlakat yoki tashkilot tomonidan berilgan ro‘yxat 
nomeri ko‘rsatiladi. 
Masalan: 
– Rossiyaning standart namunasi 
O’zDSN 03.0693:1999 (GSO 1639-93 P); 
– Ukrainaning standart namunasi 
O’zDSN 03.0719:1999 (DSZU 022.36-96); 
– DORFNER firmasida (Germaniya) tayyorlagan standart namuna 
O’z DSN 03.0178:2002 (42161/1/14937/1/99; RVK 6652G‘Z). 
O‘zstandart Agentligi ro‘yxatga olingan SN to‘g‘risidagi axborotni SN 
sertifikatining xos reestriga kiritadi. 
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini 
yaratish, tasdiqlash (tan olish), ro‘yxatga olish, chiqarish va qo‘llanishga umumiy 
talablar, shu jumladan qiyoslash gazli aralashma (attestatlangan aralashmalar 
bundan mustasno) uchun talablar O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. 

Download 435.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling