Metralogiya asoslar
-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash
Download 54.52 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash
24-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash
O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash o‘z ichiga davlat sinovlarini o‘tkazish orqali o‘lchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash, o‘lchash vositalarining metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini belgilash hamda o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha ishlarni oladi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish yagona nusxalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga import bo‘yicha yagona nusxalarda olib kiriladigan) o‘lchash vositalarining xossalarini tadqiq etish asosida ular qo‘llash uchun yo‘l qo‘yilishini e’tirof etish maqsadida davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha olib kirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan va turini tasdiqlashdan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. O‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart. 25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘lchash vositalarini qiyoslaganda o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablarga ularning muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligini belgilovchi o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi. Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Download 54.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling