Metralogiya asoslar
-bob. Yakunlovchi qoidalar
Download 54.52 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
- 31-modda. Nizolarni hal etish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi: metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish; metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish; metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish; etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash; standart namunalarni ishlab chiqish; davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish. 30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash O‘lchash vositalarini sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, texnik jihatdan tartibga solish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligini hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchashlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi. 31-modda. Nizolarni hal etish Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 32-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Download 54.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling