Metralogiya va standartlashtirish mustaqil 4

Download 0.89 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1542892
Bog'liq
mustaqil 4

Metralogiya va standartlashtirish mustaqil 4

2 B KI Guruh talabasi Shahobov Husan

Oʻqituvchi Saparov B

Mavzu : Standartlashtirish Usullari

Standartlashtirish usullari

Reja

Standartlashtirish usullari.

Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  • Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash;

Standartlashtirish usullari

Standartlashtirishning keng tarqalagan usullari sifatida birxillashtirishni, agregatlashtirishni va turlashni olishimiz mumkin (9.1 – rasm). Aynan shu usullar yordamida o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash mumkin.

Birxillashtirish usuli. O‘zDST 1.0 – 92 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan:Birxillashtirish – muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlash. Buni unifikatsiya deb ham yuritadilar. Bu so‘z lotincha uni – bir, unio – birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi.Birxillashtirish eng katta texnikaviy iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi yaratilmalar hisobiga yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Birxillashtirishni asosan 3 ta darajada o‘tkaziladi:

  • korxona darajasi;
  • – tarmoq darajasida;
  • – tarmoqlararo darajada.
  • Birxillashtirish muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo‘nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So‘ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig‘iladi va bu chizmalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra tabaqalanadi. Shundan so‘ng, yo yangi konstruktsiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo‘lganlari ichidan boshqalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgani tanlanadi.

Agregatlashtirish usuli. Agregatlashtirish – geometrik va funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va ishlatish usuli hisoblanadi.

Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi.

Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – asosiy turlarini modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.

Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling