Metrlogiya va standartlashtirish


Stixiyali rivojlanish davr


Download 22.92 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1376278
1   2
Bog'liq
1-MARUZA

1.3. Stixiyali rivojlanish davr

Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq "moddiy" o’lchashlar va o’lchash birliklarining katta ahamiyatini tushunib yetganlar. Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich belidagi oltin kamaridan uzunlikning namunaviy o’lchash vositasi sifatida foydalangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra knyaz’ davriy ravishda bozor rastalarini aylanib yurib, turli mato sotuvchilarining uzunlik o‘lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. hamda o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yganlarnii qattiq jazolagan. Italiyaning cherkov va butxonalarida aniq sondagi marvarid donalari saqlanib. ulardan sochiluvchan (dispers) moddalaming hajm va massa birliklarini hosil qilishda foydalanganlar.


Markaziy Osiyoda ham o’lchovlar va ularning turg’unligini saqlash, o‘lchash qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga jiddiy e’tibor berilgan va buning nazorati eng yuqori amaldorlar tomonidan olib borilgan. Masalan, islom ta’limotida to‘g‘ri o’lchash, ya’ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda ham «tarozidan urib qolish» deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan.
Vaqt o‘tishi bilan savdo-sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi mobaynida o’lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o'zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakilanib, o‘nlab yangi va yangi o‘lchash birliklari hosil bo'la boshlagan. Asta-sekin xalqaro, davlatlararo o’lchash birliklari ta’sis etila boshlagan.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o’lchamlarini muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O’lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishining yuzaga kelishi);
-energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); 13 -ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri obyektlar va jarayonlar holatini parametrlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, oiingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.
O‘lchashlar nazariyasining rivojlanishida qator olimlarning, ayniqsa Bog‘doddagi “Baytul hikma” (Donishmandlar uyi) ning buyuk olimlari
Al Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Ali lbn Sino va Abu Rayhon Beruniylarning hissasi alohida e’tibor kasb etadi. Al Xorazmiy va Axmad Farg'oniylarning xondasa (geometriya) ilmidan yozgan asarlari uzoq -yillar davomida g‘arb davlatlarida darslik sifatida qo’llanib kelingan. Axmad Farg‘oniyning astronomik kuzatishlar uchun mo’ljallangan o’lchash asbobi - usturlob yasash va undan foydalanish bosyicha yozgan asarlari ko‘plab astronomlar, munajjimlar uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qilgan. Ayniqsa quyosh tutilishini oldindan qilgan bashorati o'z tasdig‘ini topgandan so'ng olimning nufuzi yanada ko‘tarilgan. Farg‘oniyning Nil daryosini sathini o’lchash uchun mo‘ljallangan “Miqyosi Nil” o‘lchash qurilmasi o'zining salmog‘i, puxta va aniqligi bilan hozirgi kunda ham barchani xayratga solib kelmoqda. Uning uzoq -yillar davomi- dagi kuzatishlari natijasida Nil daryosining satxini o'zgarishiga qarab -yillik yog’in miqdorini oldindan belgilash mumkinligi aniqlandi va bu borada maxsus tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada ekiladigan mahsulot (o‘simliklar) turlari bo‘yicha ko'rsatmalar berildi. Bu esa qurg‘oqchilik-yillaridagi qiyinchiliklarni, yog'ingarchilik mo‘l bo'lgan yillaridagi toshqinlarni oldini olishda muhim omil bo'lib xizmat qildi.
Ibn Sinoning eng mashxur asarlaridan biri “Tib qonunlari” hozirgi kunda ham ming-minglab mutaxassislarning qo’llanmasi bo’lib kelmoqda. Turli dori - darmon va malhamlarni tayyorlash uchun tavsiya etilgan massa va hajm birliklari uzoq muddatlar davomida g‘arb davlatlarida ham foydalanib kelingan.
O‘lchash nazariyasini rivojlantirish va tashkillashtirish borasida Ulug‘bekning xissasi ham beqiyosdir. Mashhur olim usturlob yasashning o‘zgacha usulini tavsiya etgan. Uning astronomik kuzatuvlari va o'lchashlar natijasida tavsiya etgan ma’lumotlari hozirgi kunlarda o‘ta zamonaviy va murakkab qurilmalari asosida olingan ma’lumotlardan juda kichik qiymatga farq qilishi ba’zi hollarda esa umuman farq qilmasligi hanuzgacha olimlarni va mutaxassislarni xayratga solib kelmoqda. Butun dunyoni kezib chiqqan Kaykavusning pandnoma asari “Kabusnoma”da ham o’lchashlar nazariyasiga alohida ahamiyat bergan. Asarning xandasa (geometriya) ilmiga bag'ishlangan bobida kichik salmog‘dagi o'lchash xatoliklariga e’tiborsizlik pirovard natijani katta tafovutga olib kelishini e’tirof etadi.
O‘lchashlar nazariyasining rivojlanishida g‘arb olimlarining, jumladan, Galileo Galiley, Nikolay Kapemik, Isaak N’yuton, PaskaP, Dmitriy Mendeleyevlaming ham hissalari kattadir. Ularning o’lchashlar borasidagi ilmiy va nazariy ishlari e’tiborga loyiqdir.
D. Mendeleyevning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi bor “Og‘irlik va o’lchovlar palatasi” tashkil etilgan. Olimning yana bir ulkan xizmati shundan iboratki, u Rossiyada metrik tizimni tatbiq etishni asoslab, uni tashkiliy jihatdan tayyorlab bergan.
Garchand, o’lchashlar nazariyasining turli davlatlardagi rivojlanishi turlicha uslub va usullarda, muayyan ma’noda stixiyali tarzda bo’lgan bo’lsada, barcha hollarda quyidagi umumiylik prinsiplari saqlanib qolgan:
- o'lchovning o‘z xossalarini uzoq muddat saqlab qolishi;
- o'lchov qiymatining takroriy o’chashlarda o‘zgarmasligi (doimiyligi);
- o‘lchanayotgan kattalikning turli qiymatlarini hosil qilish imkoniyatini mavjud bo‘lishi va h.k.
Bu davrdagi o’chashlarning asosiy kamchiligi sifatida o’lchov birliklarining o‘zaro mutanosibligi bo‘lmaganligi hamda asosiy kattaliklarning birliklarini bir-biriga bog‘liq emasligini ko‘rsatish mumkin.

1.4. “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” Rеspublikа qоnuni


Mа’lumki, 1993 yilning 28 dеkаbridа birinchi Prеzidеntimiz tоmоnidаn kеtmа-kеt uchtа, ya’ni “Stаndаrtlаshtirish to‘g‘risidа”, “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” vа “Mаhsulоt vа xizmаtlаrni sеrtifikаtlаshtirish” Qоnunlаri imzоlаngаn edi. Bu qоnunlаrning hаyotgа tаdbiq etilishi rеspublikаmizdаgi mаvjud mеtrоlоgiya xizmаtini yangi rivоjlаnish bоsqichigа ko‘tаrilishigа аsоs bo‘ldi. Shulаrdаn biri, ya’ni “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа”gi qоnun ustidа birоz to‘xtаlib o‘tаmiz.


Bu qоnun rеspublikаmizdа mеtrоlоgiyaning rivоjlаnishigа vа mеtrоlоgik tа’minоt mаsаlаlаrini hаl etishning mutlаqо yangi bоsqichigа оlib kirdi.
“Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” gi qоnun 5 bo‘limdаn ibоrаt bo‘lib, bu bo‘limlаr 21 mоddаni o‘z ichigа оlgаn. Rеspublikаmizdа mеtrоlоgiya xizmаtini yo‘lgа qo‘yish vа bundа jismоniy vа yuridik shаxslаrning ishtirоki vа funksiyalаri, bu bоrаdаgi jаvоbgаrliklаr bo‘yichа kеng mа’lumоtlаr bеrilgаn.
Qоnundа ko‘rsаtilgаnidеk, o‘lchаsh vоsitаlаrining dаvlаt sinоvlаrini o‘tkаzish, ulаrning turlаrini tаsdiqlаsh vа dаvlаt ro‘yxаtigа kiritish “O‘zstаndаrt” аgеntligi tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi.
Qоnundа yanа bir mаsаlа - dаvlаt ro‘yxаti bеlgisini qo‘yish to‘g‘risidа hаm bаyon etilgаn. “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” gi qоnundа аytilishichа, tаsdiqlаngаn o‘lchаsh vоsitаlаrigа yoki ulаrning fоydаlаnish hujjаtlаrigа ishlаb chiqаruvchi dаvlаt ro‘yxаti bеlgisi qo‘yilishi shаrt.
Mа’lumki, ishlаb chiqаrishdаgi o‘lchаsh vоsitаlаrining hоlаti vа ulаrni vаqti-vаqti bilаn qiyoslаshdаn o‘tkаzib turish hаr dоim e’tibоrdа bo‘lmоqligi lоzim. Ulаr bo‘yichа ro‘yxаtlаr tuzilаdi vа o‘lchаsh vоsitаlаri turkumlаrining ro‘yxаti “O‘zstаndаrt” аgеntligi tоmоnidаn tаsdiqlаnаdi. Ilmiy-tаdqiqоtlаr bilаn bоg‘liq o‘lchаsh vоsitаlаri, аsbоblаri, qurilmаlаri hаmdа o‘lchоvlаri “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа”gi qоnunning 17-mоddаsi аsоsidа “O‘zstаndаrt” аgеntligining dаvriy rаvishdа qiyoslаshdаn o‘tkаzilib turilishi lоzim bo‘lgаn o‘lchаsh vоsitаlаri guruhining ro‘yxаtigа kiritilgаn bo‘lib, shu qоnunning 7-mоddаsigа binоаn, аmаliy fоydаlаnishdа bo‘lgаn o‘lchаsh vоsitаlаri bеlgilаngаn аniqlikdа vа fоydаlаnish shаrtlаrigа mоs hоldа, qоnuniy birliklаrdаgi o‘lchаsh nаtijаlаri bilаn tа’minlаshlаri lоzimligi аlоhidа ko‘rsаtib o‘tilgаn.


Tаkrоrlаsh uchun sаvоllаr:



  1. “Metrologiya va standartlashtirish” fаnini o‘rgаnishning tаbiiy zаrurligi.

  2. “Mеtrоlоgiya” ning fаn sifаtidа shаkllаnib bоrish jаrаyoni qаndаy kеchgаn?

  3. Qаndаy ko‘hnа vа qаdimiy o‘lchаsh birliklаrini bilаsiz?

  4. Fаnning rivоjlаnishidа o‘zigа xоs hissа qo‘shgаn оlimlаrdаn kimlаrni bilаsiz?

  5. “Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” rеspublikа qоnunining аsоsiy аhаmiyati nimаlаrdаn ibоrаt?

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling