yalpi sifat menejmenti (TQM — Total Quality Management) usuliyati shakllandi. Sifat asosida yalpi boshqarish — bu iste’molchilarning qoniqish darajasini oshirish uchun olingan ko‘nikma va bilimlami qollash va umumiy o‘qitish hamda faoliyatning barcha turlarini doimiy yaxshilashda barcha xodimlarni jalb qilish va guruhli ishda peshqadamlik yordami bilan yuqori rahbariyatning natijaviylikni doimiy yaxshilash asosidagi biznes falsafasidir. ISO 9000 seriyali standartlarning paydo bolishi va uni amaliyotda keng joriy qilishga TQM birinchi qadamlardan bo‘lib yo‘l ochib berdi. Birinchi tan olingan tizimlar — sifat va sifat standartlari, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari murakkabligining sezilarli o‘sishi paydo bolgan sanoat rivojlanishi va texnologik o‘zgarishlar natijasi sifatida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy qilindi. AQSHda birinchi bo lib bu o‘zgarishlar sezildi va harbiy qurol- aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlar qo‘llanila boshlandi: MEL-Q-9858 — Sifat tizimining texnikaviy shartlari; MIL-1-45208 — Nazorat tizimiga talablar. Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda bolib, harbiy shartnomalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda. Bu standartlar, shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAR (Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida ma’lum bolgan standartlar to‘plamlari uchun asos qilib olingan. - Vaqt o‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat doirasidan tashqarida ham paydo bo la boshladi. Shuning uchun ham BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular, asosan, amaliy rahbar hujjatlariga o‘xshash bo lib, shartnomalar bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari harbiy talablar bilan bogliq bolganligi sababli ularni ham qo‘llash mumkin, deb hisoblash qiyin edi.
- Bu muammo o‘z yechimini 1979-yilda topdi, shu yili uch qismdan (1, 2, 3) iborat bolgan BS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga o‘xshash va subyektiv edi hamda qo‘shimcha tushuntirishlar, shuningdek, standartlarni qollash bo‘yicha ma’lumot bolgan qo‘shimcha qismlarni (4, 5, 6) talab qilardi.
- BS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar tomonidan shartnoma tuzish holatlarida qo‘llanilardi. Ammo bunga qo‘shimcha ravishda,
Do'stlaringiz bilan baham: |