Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet10/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

4.2- rasm. O‘lchov asbobi — shkalasi.



4.3-rasm. Shtangensirkul

Ko‘rsatuvchi analog o‘lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) ko‘rsatkichdan tuzilgan. 5.1-rasmda o‘lchov asbobining shkalasi ko‘rsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala bo‘linmasining qiymati deyiladi.


O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari o‘lchov asbobining ko‘rsatishlari deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning shkalada ko‘rsatilgan eng kichik qiymati shkalaning boshlang‘ich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning ohirgi qiymati deyiladi. Shkalaning uning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan qiymatlari sohasi (oralig‘i) ko‘rsatuvlar diapazoni deyiladi. O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar normalangan qiymatlari sohasi o‘lchov asbobi yoki o‘lchov O‘zgartirgichining o‘lchov diapazoni deyiladi.
Shkaladan sanoq olishda shkala qO‘zg‘almas va qO‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Shkalalarda belgilar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yoki yassi yohud silindrsimon sirtdagi aylana yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. 5.2-rasmda o‘lchov asboblari shkalalarining eng ko‘p uchraydigan turlari ko‘rsatilgan.
Asboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama shkalalarda o‘lchov asbobi chegaralaridan biri nolga teng bo‘ladi (masalan, ko‘rsatishlarga chegarasi 0 dan 100° S gacha bo‘lgan simob termometri). Agar shkalada nol belgisi uning boshlang‘ich va oxirgi che garasi bilan ustma-ust tushmasa, u ikki tomonlama shkala deyiladi (masalan, ko‘rsatishlarga chegarasi —0,1 ... 0 .... 0,15 MPa bo‘lgan manometr). Agar shkala nol belgisiga ega bo‘lmasa, u nolsiz shkala deyiladi (masalan, ko‘rsatishlarga chegarasi 200 dan 400° S gacha bo‘lgan termometr).



Ko‘rsatkichning vaziyati uning shkala boshidan chiziqli yoki burchakli siljishi bilan aniqlanadi. Kursatkich vaziyati bi­lan sanoq orasidagi bog‘lanish shkala tavsifi deyiladi. Ko‘rsatkichi burchakli siljiydigan asboblarning shkala tavsifi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:


, (5.1)
Bunda φ — ko‘rsatkichning shkala boshidan , burilish burchagi.
To‘g‘ri chiziqli shkalali asboblar uchun
, (5.2)
bunda L — ko‘rsatkichning shkala boshidan chiziqli siljishi.
Qayd qiluvchi o‘lchov asboblari qog‘oz lentalarga yoki diskka o‘lchanayotgan kattalikning hozirgi qiymatini vaqt bo‘yicha avtomatik yozib beruvchi moslama bilan ta’minlaydi. Bir holda qog‘oz lentada (diskda) uzluksiz chiziq pero bilan chiziladi, boshqa holda lentada davriy ravishda sanoqlarning sonli qiymatlari chop etiladi. Bitta qog‘oz lentada bir necha egri chiziq yozilishi (chizilishi) mumkin. Bu holda o‘lchov asbobining ichiga avtomatik uzgich-ulagich o‘rnatiladi u o‘lchovning bir necha nuqtalarida joylashgan birlamchi O‘zgartirgichlardan birini o‘lchov tizimi navbat bilan ulaydi. (5.4-rasmda qayd qiluvchi tipik qurilmalarning sxemalari keltirilgan).
Qayd qiluvchi qurilmalarning tavsifi shkalali sanoq qurilmalari tavsifi o‘xshash va (5.1), (5.2) tenglamalar bilan ifodalanadi. Qayd qiluvchi qurilmalar uchun (5.4-rasm, a, b) bu tenglamalarda φ va L tegishli burilish burchagini hamda pero ushlagichning diagramma to‘ri chizig‘ining nolli belgisidan siljishini, U esa to‘r bo‘yicha olingan sanoqni anglatadi. Davriy chop etuvchi qayd qiluvchi qurilma uchun tavsifi (5.4-rasm, v) (5.1) tenglama bilan tasvirlanadi, unda φ —kirish valchasining burilish burchagi, U— chop etilgan son (sanoq).
Disksimon diagrammalar tekis va notekis bo‘linmali bo‘lishi mumkin Lentasimon diagrammalar ham ikki turli bo‘ladi: o‘lchash asbobi perosi to‘g‘ri chiziqli harakat qiladigan va perosi aylana yoyi bo‘ylab harakat qiladigan. Ko‘rsatkichi kam kuch bilan siljitiladigan asboblarda (masalan, O‘zi yozuvchi millivoltmetrlarda) yozish yordamchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.





Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling