Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-rasm. Qayd qiluvchi qurilmalar:a—qutb koordinatalarida; b—to‘g‘ri chiziqli koordinatalarda; v—davriy qayd qiluvchi


Download 1.47 Mb.
bet11/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

4.4-rasm. Qayd qiluvchi qurilmalar:a—qutb koordinatalarida; b—to‘g‘ri chiziqli koordinatalarda; v—davriy qayd qiluvchi.

Ayrim o‘lchov vositalari va o‘lchov sistemalaridan tashqari murakkab informatsion–o‘lchov sistemalari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay (o‘lchov kanallari soni ming-minglab bo‘lishi mumkin).balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o‘lchash O‘zgartkichlarining informatsion-hisoblash mashinalarining va kirish qurilmalarining kirishiga keladigan signallarni unifikatsiyalashtirish zarurati tug‘ildi. Signallarni unifikatsiyalashtirish o‘lchov asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi, o‘lchov vositalarining O‘zaro almashinuvchanligini ta’minlaydi.


O‘lchov vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab ishchi, namuna va etalon o‘lchov asboblariga bo‘linadi.
Ishchi o‘lchov vositalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoklarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o‘lchov vositalariga va texnik o‘lchov vositalariga bo‘linadi.
Namuna o‘lchov vositalari ishchi o‘lchov asboblarini tekshirish va ularni O‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orkali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat kiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maksadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash asbobni tekshirish deb atala­di.
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi.
O‘lchash qurilmasi bilan o‘lchanayotgan obyektning O‘zaro ta’siri shu bilan tavsiflanadiki, bunda O‘zaro ta’sir bilan obyektdan axborot olish uchun obyektning O‘zi ma’lum bir energiyani sarflaydi. Bir qator hollarda o‘lchov qurilmasi obyektga ta’sir etib, uning tavsifini O‘zgartiradi.
Bularning hammasi o‘lchanayotgan kattalikning O‘zgarishi va xatolikni yuzaga kelishiga olib keladi.
Foydali signalni takomillashmaganligi shundan iboratki, bunda o‘lchash qurilmasi ishlab chiqarilayotgan o‘lchash signallari tarkibida buzilishlarning mavjudligidir, binobarin, ular xatoliklarni kelib chiqishining asosiy sababidir.
O‘lchov qurilmalarining texnologik jihatdan mukammallash­maganlik prinsipi shu bilan tushuntiriladiki, bunda tavsifi loyihada ko‘rsatilgan tavsifga mos tushadigan o‘lchov qurilmasini yaratish imkoniyati yo‘qdir, chunonchi, bundan o‘lchov qurilmasi va uning elementlarini tayyorlash jarayonining texnologik takomillashmaganligi kelib chiqadi. Texnologik takomillashmaganlik quyidagi parametr va tavsiflarning majmuidan iborat: element va detallarning tayyorlarida noaniqlik; o‘lchov qurilmasini sozlash va to‘g‘irlash; issiqlik bilan ishlov berish tartibinining bir marta saqlash (quydirish, toblash va boshqalar); sirt yuzasiga ishlov berish.
O‘lchov qurilmasiga tashqi hodisalarning ta’sir qilish prinsipi shundan iboratki, bunda o‘lchov qurilmasining signallari tashqi hodisalar ta’siriga tushishi (elektromagnit va gravitatsion maydonlar, titrash va tezlanish maydonlari) natijasida o‘lchash xatoliklari yuzaga keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tashqi omillar signallar bilan O‘zaro ta’sirlashib, ularni O‘zgartiradi va piravord natijada xatoliklarga olib keladi.
O‘lchash texnologiyasini mukammallashmaganlik prinsipi shu bilan tavsiflanadiki, bunda istalgan o‘lchash, hatto ideal o‘lchash qurilmasida bo‘lishidan qat’iy nazar, absolyut aniq bo‘la olmaydi, binobarin, o‘lchash texnologiyasini O‘zi ham takomillashmagan (o‘lchash qurilmasini o‘rnatilishi va ko‘rsatishlarni olish noaniqligi, o‘lchash amalga oshirishning oxirgi vaqti, tashqi sharoitlarning O‘zgaruvchanligi va boshqalar).
Yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplar o‘lchash aniqligiga tabiat va texnika taraqqiyotining darajasi tomonidan qo‘yilgan cheklanishlar borligini ko‘rsatadi va o‘lchash natijasi noaniqligini to‘liq bartaraf etish mumkin emasligini prinsipial jihatdan aniqlab beradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling