Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet18/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Etalon haqidagi asosiy tushunchalar.

  2. Etalonlarni qonuniy klassifikatsiyasi.

  3. Etalonlarni saqlash.

  4. Etalonlarning qo‘llanilishi.

  5. Etalonlarni solishtirish.

6-AMALIY MASHG‘ULOT:
DAVLAT METROLOGIYA NAZORATI VA TEKSHIRUVINI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Davlat metrologiya nazorati - davlat metrologiya ximati organlari tomonidan o‘lchash vositalarini (ishchi etalonlar ham kiradi) ishlab chiqarish, ularning holati va qo‘llanilishi ustidan, attestatsiya qilingan o‘lchash metodikalari, metrologik qoidalar va meyorlarga rioya qilinishi ustidan amalga oshiriladigan faoliyatni o‘rganish.
Davlat metrologiya tekshiruvi – davldat metrologiya xizmati tomonidan o‘lchash vositalari turini tayyorlash, o‘lchash vositalarini (ishchi etalonlar ham kiradi) qiyoslash bo‘yicha, huquqiy va jismoniy shaxslarning faoliyatini litsenziyalash, o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijaraga berish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatidir.
O‘lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi bo‘lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. (12-modda).
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohadagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati asosi
“Metrologiya to‘g‘risida” qonuni va O‘zRST 8.002 standarti bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari, turi va ko‘rinishi o‘rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining obyektlari (13-modda) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari (13-modda) hisoblanadi:
etalonlar;
o‘lchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot- o‘lchov tizimlari;
o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan O‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar. (14-modda)
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saklash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
zaxarli, yengil alangalanuvchan. portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning O‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari. (15-modda.)
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash.
tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish. o‘lchov vositalarini va metrologiya
faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyerlash, realizatsiya qilish,
ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish
ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda)
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda "O‘zstandart" karoriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash tartibi qonunning 16-moddasida aniqlangan bo‘lib, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi, o‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni "O‘zstandart" amalga oshirishi, tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shartligi, boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etilishi belgilangan.
O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish (17-modda) tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati "O‘zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vostalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o‘lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi.
17-1-moddada ta’kidlanganidek, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi.
Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 18-moddada ko‘rsatilgan.
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi 18-1-moddada yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar (19-modda).



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling