Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


O‘lchash vositalarini kalibrlashning qonuniy asoslari va


Download 1.47 Mb.
bet37/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

O‘lchash vositalarini kalibrlashning qonuniy asoslari va
qiyoslashdan farqining tahlili
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunida o‘lchash vositalarini kalibrlashga oid quyidagi tushunchalar keltirilgan. Xususan, qonunning 1 – moddasida kalibrlashga quyidagicha tushuncha berilgan:
“o‘lchov vositalarini kalibrlash” – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
Qonunnning 171-moddasida o‘lchash vositalarini kalibrlanishini o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan:
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’minlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi «O‘zstandart agentligi” agentligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Quyida, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning qiyosiy tahlilini keltiramiz.
14.1-jadval
Kalibrlash va qiyoslashning qiyosiy tahlili


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling