Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Tadbirlarni amalga oshirish tartibi


Download 1.47 Mb.
bet36/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Tadbirlarni amalga oshirish tartibi
Absolyut xatolikni aniqlashni namlikni massali ulushi (namlik) diapozonida 1% dan 100% gacha bo‘lgan yuklamaning ulushiy massasi, pallaga joylangan 0.5, 40, 80 g yaqin bo‘lgan, o‘tkazish zarur. Buning uchun analizator pallasiga (alyumin taglikli) yuklama joylashtiriladi va bunda, yuk massasi (tosh) va suvning qiymati 2 – jadvaldagi qiymatlarga yaqin bo‘lishi kerak.
13.3-jadval
Tosh massasi va distillangan suvning qiyoslashdagi mutanosibligi



Toshning
massasi, g

Suvning
massasi, g

Yuklamaning umumiy
massasi, g

1.1

0,500

0

0,500

1.2

0,490

0,010

0,500

1.3

0,250

0,250

0,500

1.4

0,010

0,490

0,500

1.5

0

0,500

0,500

2.1

40,000

0

40,000

2.2

39.990

0,010

40,000

2.3

20,000

20,000

40,000

2.4

0,010

39,990

40,000

2.5

0

40,000

40,000

3.1

80,000

0

80,000

3.2

79,990

0,010

80,000

3.3

40,000

40,000

80,000

3.4

0,010

79.990

80,000

3.5

0

80,000

80,000



Namlikni massaviy ulushini hisoblash algoritmini tekshirish
Namlikning massaviy ulushini hisoblash algoritmi tekshirish ifodadan aniqlanadi:

Bu yerda:  – namlikning massaviy ulushi analizatorining ko‘rsatishi, %.
 – ifodadan aniqlangan namlikning massaviy ulushi, % da.




Bu yerda:  – namunali quritishdan oldingi massa birliklarida keltirilgan analizatorning dastlabki ko‘rsatishi.


 – analizator pallasiga joylashtirilgan toshlar massasi yoki analizatorning massasini o‘lchash rejimidagi ko‘rsatishi.
14-AMALIY MASHG‘ULOT
O‘LCHASH VOSITALARINING KALIBRLANISHIGA DOIR
TALABLARNI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo‘llaniladigan o‘lchov vositalari ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
O‘lchov vositalarini birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta’mirlashda turi tasdiqlanmaydigan o‘lchov vositalari tortiladi. O‘lchov vositalari kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlangan bo‘lishi kerak.
Akkreditlash O‘zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan subyektlarning huquqlari va majburiyatlari O‘z DSt 8.029-2010 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimida akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimiga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
O‘lchov vositalarini kalibrlash – O‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi subyektlar majmui.
Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat – O‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg‘a.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o‘rnatilgan meyorlar va qoidalarga rioya qilinishini kO‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
– tizimga ixtiyoriy ravishda kirish;
– kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish;
– davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning o‘lchamlarini kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
– akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
– metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
– o‘lchash vositalarini kalibrlash;
– O‘z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
– O‘z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilanta’minlash;
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksiontekshirish.
Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), Standartlashtirish, Metrologiya va Sertifikatlashtirish ilmiy – tadqiqot instituti (SMS ITI), hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, O‘z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi.
O‘z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
– O‘z KT ning Markaziy idorasi;
– O‘z KT ning Kengashi;
– O‘z KT ning akkreditlash idoralari;
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari.
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
– o‘lchov vositalarini, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi;
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va normativ hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi;
– normativ hujjatlarning o‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi:
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalarining holatiga;
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga;
– kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi O‘z belgisiga ega. Bu belgining shakli va o‘lchamlarini mstrologiya bo‘yicha milliy idora tasdiqlaydi. O‘z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KT ning boshqa hujjatlari va obyektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash (qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling