Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY MA’LUMOTLAR
27-AMALIY MASHG‘ULOT
SERTIFIKATLASHTIRISHNI O‘TKAZISH TARTIBINI O‘RGANISH Mashg‘ulotning maqsadi: Certifikatlashtirish qoidalari va tartibini o‘rganish va O‘zlashtirish. Topshiriq mashg‘ulotlarga tayyorlanish chog‘ida: - sertifikatlashtirish qoidalari va tartibiga oid nazariy ma’lumotlarni (9.3 band materiallarini) o‘rganing; - 9.6 bandda keltirilgan adabiyotlarning tegishli bo‘limlarini o‘rganing; - 9.4 bandda keltirilgan nazorat savollariga yozma ko‘rinishda javob bering; - amaliy mashg‘ulot natijalaridan xulosa chiqaring; NAZARIY MA’LUMOTLAR Sertifikatlashtirish uchun Adliya vazirligi tomonidan 18.03.2005 yil 1458- son bilan ro‘yxatga olingan mahsulotni sertifikatlashtirish -129- 131 Qoidalari belgilangan. Bu qoidalar majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish chog‘ida qo‘llaniladi va O‘zbek hamda chet ellardagi ishlabchiqarishning barcha sertifikatlashtirish obektlari uchun taalluqlidir. O‘zbek sertifikatlarini va muvofiqlik belgilarini chet ellarda tan olinishi uchun ISO/XEK larning rahbariy xujjati va boshqa xujjatlarda bayon etilgan amaldagi xalqaro norma va qoidalarga muvofiq qoidalar tuzilgan. Sertifikatlarni berish bo‘yicha barcha ishlarni bajarish - talabnomalarni ko‘rib chiqish, ishlabchiqarishni tekshirish, sinov va inspeksiya tekshiruvi, xujjatlarni ro‘yxatga olish uchun talabnoma beruvchi belgilangan tartibda to‘lovga tortiladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi sertifikatlashtirishning majmuiy protsedurasi (sxemasi)ni tashkil etuvchi amallar ketma-ketligini belgilaydi. Sertifikatlashtirish organi talabnoma beruvchilarga ularning talablari bo‘yicha quyidagi axborotni taqdim etadi: - majburiy sertifikatlashtirilishi (MS) kerak bo‘lgan mahsulot turlarining ro‘yxati; - turdosh mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalari; - sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarning preyskuranti va tariflari; - tanishish uchun akkretiditlash attestati. Akkreditlash uchun talabnomani rasmiylashtirish quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun vatandosh yoki chet elli talabnoma beruvchi turdosh mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha organga talabnoma jo‘natadi. Talabnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: -ishlab chiqariladigan mahsulotga tegishli normativ hujjat (NH)ning nusxasi; -mahsulot markirovkasining namunasi (mahsulot haqidagi axborot); -gigiyenik sertifikat nusxasi (davlat sanitar nazorati organi laboratoriyasida sinov natijalarini va NX da belgilangan boshqa talablar haqidagi axborotlarni O‘z ichiga olgan bunday xujjat mavjud bo‘lgan holda). Import qilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish chog‘ida yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari talabnoma beruvchi tomonidan mahsulotga O‘zbekiston boj hududiga kirilganlik haqidagi tovarga tegish- li xujjatning nusxasi taqdim etiladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha organ talabnomani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan xujjatlarni tahlil etadi va uni olgandan so‘ng 2 kundan kech qolmasdan talabnomachiga sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlarini O‘z ichiga olgan, sertifikatlashtirish sxemasini va muvofiqlik sertifatini berish uchun zarur bo‘lgan normativ xujjatlar ko‘rsatilgan qarorni xabar qiladi. Shuningdek akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish kim tomonidan o‘tkazilishi ko‘rsatiladi. Sertitfikatlashtirishni o‘tkazish muddati mahsulot uchun normativ xujjatda belgilangan muddatlarga bog‘liq bo‘ladi, biroq bir oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sertifikatlashtirish sxemasini talabnoma beruvchining takliflari, mahsulotlarni yetishtirib berish hajmi va muddatlari, sinov usullari, ishlab chiqarishning xususiyatlarini, shuningdek, ushbu mahsulotning iste’molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda tanlanadi, Sertifikatlashtirishni amalga oshirishda muayyan mahsulot uchun normativ xujjatlardan, qonunchilik aktlaridan, texnik reglamentlardan, sinovlarni o‘tkazishga oid standartlardan va boshqalardan foydalaniladi. Eksportlanadigan mahsulot xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar bo‘yicha yoki import qiluvchi mamlakatlar normativ xujjatlari bo‘yicha sertifikatlashtiriladi. Namunalarni identifikatsiyalash, tanlash va plombalashni sertifikatlashtirish bo‘yicha organ sinov joyiga namunalarni yetkazib berishni ta’minlovchi talabnoma beruvchining ishtirokida amalga oshiradi. Namunalarni tanlab olish bo‘yicha ikki nusxada akt tuziladi va ularning bittasi talabnoma beruvchiga topshiriladi. Import namunalari (probalari)ni tanlab olish bojxona inspektori va tovar egasining ruxsati bilan sertifikatlashtirish organlari tomonidan o‘tkaziladi. Namunalarni tanlab olish aktlari uch nusxada tuziladi, ulardan bitta nusxasi bojxona organiga topshiriladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha sinovlar sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Talabnoma beruvchi mahsulotni ishlab chiqish chog‘idagi sinov bayonnomalarini (ularning amalda bo‘lish muddatlarini hisobga olgan holda) taqdim etishi mumkin. Talabnoma beruvchi O‘z mahsulotini sinash vaqtida ishtirok etish huquqiga ega. Sinovlar bayonnomalari vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Sinovlarning obektivligi uchun javobgarlik sinov laboratoriyasi bilan birga ularni o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan sertifikatlashtirish organiga yuklanadi. Sinovlar bayonnomalari talabnoma beruvchiga va sertifikatlashtirish bo‘yicha organga taqdim etiladi. Sinovlar salbiy natija berganida talabnoma beruvchiga sabablarni ko‘rsatgan holda sertifikat berishni bekor qilish to‘g‘risidagi xulosa beriladi. Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish holatini baholash turdosh mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. Tahlil o‘tkazish (obsledovaniye) muddati 10 kundan oshmasligi kerak. Baholash natijalari bo‘yicha sertifikat berish haqidagi qaror qabul qilishda hisobga olinadigan tahlil akti tuziladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling