Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet80/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Muvofiqlik sertifikati – bu sertifikatlashtirish tizimi qoidalari bo‘yicha berilgan hujjat bo‘lib, u kerakli tarzda identifikatsiyalangan mahsulot (jarayon, xizmat) muayyan standartga yoki boshqa normativ xujjatga muvofiqligi bo‘yicha zarur bo‘lgan ishonch ta’minlanishini tasdiqlaydi.
Muvofiqlik belgisi – bu sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga ko‘ra mahsulotning muvofiqligini operativ tasdiqlash uchun qo‘llaniladigan belgidir. Muvofiqlik belgisi bevosita mahsulotning O‘ziga yoki uning o‘ramiga qo‘yiladi.
Sertifikatlash bo‘yicha organ – bu sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditlangan yuridik shaxsdir.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya – bu muomilaga chiqarilgan mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Mahsulotni identifikatsiyalash – mahsulot xarakteristikalarining uning muhim belgilariga aynan o‘xshashligini aniqlashdir.
Milliy standart – O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo‘yicha milliy organi tomonidan tasdiqlangan standart.
Xalqaro standart – xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlangan standart.
Mahsulot – material-moddiy shaklda xo‘jalik va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etilgan faoliyat natijasi.
Muvofiqlikni tasdiqlash - mahsulot yoki boshqa obektlar, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, saqlash, tashish, ro‘yobga chiqarish va utillashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlarining texnik reglamentlar talablariga, standartlar qoidalariga yoki bitimlar shartlariga muvofiq-ligini hujjat bo‘yicha tasdiqlash.
Muvofiqlikni baholash – obektlarga qo‘yiladigan talablarga rioya qilinishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlash.
Akkreditlash – jismoniy va yuridik shaxsning muayyan sohada muvofiqlikni baholash ishlarini bajarish bo‘yicha malakaga ega ekanligi (kompetentligi)ni akkreditlash organi tomonidan rasmiy tan olinishi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling