Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TO‘G‘RISIDA


Download 1.47 Mb.
bet82/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 6-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
akkreditatsiya — yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
akkreditatsiya sohasi — muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog‘ida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi;
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili;
inspeksiya organi — yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
milliy akkreditatsiya tizimi — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi tizim;

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling