Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-modda. Muvofiqlikni deklaratsiyalash


Download 1.47 Mb.
bet85/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

9-modda. Muvofiqlikni deklaratsiyalash
Muvofiqlikni deklaratsiyalash — mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi tomonidan tasdiqlash.
Muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi.
Agar muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullarida mahsulot sinovini o‘tkazish zarur ekanligi belgilangan bo‘lsa, bunday sinov akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
10-modda. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
Inspeksiya nazorati Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin.
11-modda. Sertifikatlashtirishni, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani, mahsulot sinovini, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini yoki ekologik ekspertizani amalga oshirish
Sertifikatlashtirish, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash majburiy yoxud ixtiyoriy tusda bo‘lishi mumkin.
Muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash ularni akkreditatsiya qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling