MUVOFIQLIKNI BAHOLASH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR - Muvofiqlikni baholash haqida umumiy ma’lumotlar.
- Mahsulot sifati tushunchasi.
- Mahsulot sifatini baholash usullari.
- Sanoat mahsulotlarining tasniflanishi.
Muvofiqlikni baholash haqida umumiy ma’lumotlar. - Muvofiqlikni baholash deganda mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabalariga muvofiqligini aniqlash bo’yicha faoliyatlar tushuniladi. Muvofiqlikni baholash bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatlarning qonuniy asosini 2013 yil 4 oktabrda tasdiqlangan va kuchga kirgan “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonun tashkil etadi. Ushbu qonunga ko’ra muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- - inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jisnioniy shaxslarning va davlatning molmulki xavfsizligini ta’minlash;
- - atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanilishini ta’minlash:
- mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlaming normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjallar talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
- muvofiqlikni bahoiash organlari akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash;
- ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlaming raqobatbardoshligini oshirish;
- xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkurlikda va xalqaro savdoda ishlirok etish;
- savdodagi texnik to’siqlami bartarai etish
- Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo'llash; muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi; akkreditatsiya qilingan miivoliqlikni bahoiash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to’siqlar qo’yishga va ular o’rtasidagi raqobatni cheklashga yo’l qo’ymaslik;
- Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiriladi:
- - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
- - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
- -O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi;
- -O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
- -O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
- - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |