Ergonomik (grekcha ergon- ish va nomes- qonun) ko‘rsatkichlar: -mashinani boshqarishning qulayligi; -xavfsiz boshqarish mumkinligi; -mashinaning gigiyena sifatidan qulayligi; -psixologik ko‘rsatkichlar; fiziologik ko‘rsatkichlar. Estetik ko‘rsatkichlar: -mahsulotning tashqi ko‘rinishi; -mashinaning atrof-muhitga bilan uyg'unligi; -mashinaning tashqi pardozi. - Mahsulot sifatini baholash usullari
- Sifat ko‘rsatkichlari obyektiv (o‘lchash, hisoblash) va subyektiv (organaleptiv- xidlash, paypaslab qurish, sotsiologik, ekspert) usullar bilan aniqlanishi mumkin.
- O‘lchash usulida mahsulot sifati o‘lchash vositalari yordamida aniqlanadi: tarozilar, rasxodomerlar, spidomerlar va h.k.
- Hisoblash usuli. Mahsulot sifati bu usulda nazariy va emperik ko‘rsatkichlarning mahsulot sifat ko‘rsatkichlari bilan bog'lanishi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash usulidan mahsulotning loyihasini tuzishda foydalaniladi. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog'lanish ham shu usulda aniqlanadi. Masalan, mashinaning F.I.K. ni topish, 1 km ga sarflangan yoqilg'i, mehnat unumdorligini aniqlash orqali buyum sifati aniqlanadi.
- Qayd qilish usuli. Mahsulotni muntazam ravishda kuzatish, hodisalarini, buyumlarni va xarajatlarni hisobga olish qayd qilish usulining asosi hisoblanadi. Masalan, mahsulotning yaroqsizligini aniqlashda undagi nuqsonlarning soni va hajmi hisobga olinadi. Mashinani vaqti-vaqti bilan buzilishi (ishlamay qolishi) hisobga olinadi. Mahsulot sifatini boshqarishda mana shunday axborotlarga e'tibor beriladi.
- Sotsiologik usul - iste'molchilarning mahsulot sifatiga bergan baholarini yig'ish va bildirilgan fikrlarni tahlil qilish asosida uning sifatiga baho berish usulidir.
- Bunda iste'molchilarga anketalar tarqatiladi, fikrlari so‘rab olinadi, maxsus konferensiya, yig'ilishlar, degustasiya, ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
- Ekspert usuli. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari mutaxassis ekspertlarning qaroriga asosan aniqlanadi. Ko‘pincha mahsulotning sifatini obyektiv usullarda aniqlash qiyin bo‘lgan taqdirda ekspert usulidan foydalaniladi. Bu usul ko‘pincha mahsulotning sifati orgonoleptik usulda aniqlanganda kerak bo‘ladi.
- Orgonoleptik usul ko‘pinchalik qishloq xo‘jalik, to‘qimachilik mahsulotlarini sifatini aniqlashda asosiy usul hisoblanadi. Bu usulda kishining sezgi organlari o‘lchash asboblari (ko‘rish, ta'm va hid bilish, eshitish, qattiqlikni sezish va boshqalar) bo‘lib xizmat qiladi.
- Orgonoleptik usul oddiy bo‘lib, maxsus asbob-uskunalar talab qilmaydi. Shu bilan birga uning bir qator kamchiliklari ham bor. Bu usulda mahsulot sifatini aniqlashda sifat ko‘rsatkichlari nisbiy xarakterga ega bo‘lib, u to‘g'risida to‘liq malumotga ega bo‘la olmaymiz.
- Orgonoleptik usulda mahsulotning sifatini aniqlashda mahsulot partiyasi ko‘zdan kechiriladi va shundan keyin idishlar ochilib mahsulotning ahvoli, ko‘rinishi, katta-kichikligi, rangi va tusi, hidi, xushbo‘yligi, ta'mi kabilar aniqlanadi.
- Mahsulotni orgonoleptik baholashda joyning yorug'ligi, mahsulotni tekshiruvchilar soni va sinovchilarning malakalari kabi omillar katta ta'sir ko‘rsatadi.
- Mahsulotni sifatini orgonoleptik usulda aniqlashda etalonlardan va standart namunalardan xam foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |