Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet88/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

3-bob. Akkreditatsiya
20-modda. Milliy akkreditatsiya organi
Milliy akkreditatsiya organi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidir.
Milliy akkreditatsiya organi:
muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
milliy akkreditatsiya tizimi tashkil etilishini, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlaydi;
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi va ularga akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beradi;
muvofiqlikni baholash organlari ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi va ushbu guvohnomani bekor qiladi;
xalqaro akkreditatsiya organlari va xorijiy davlatlarning milliy akkreditatsiya organlari bilan akkreditatsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrini yuritadi.
Milliy akkreditatsiya organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Akkreditatsiya shartlari
Quyidagilarning mavjudligi akkreditatsiya shartlaridir:
akkreditatsiya qilinish uchun ariza;
akkreditatsiya qilish so‘ralgan sohadagi ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar muvofiqlikni baholash obektlarining ishlab chiqaruvchilari, sotuvchilari, ijro qiluvchilari va iste’molchilariga nisbatan tashkiliy hamda moddiy jihatdan tobe bo‘lmasligi kerak.
Qonun hujjatlarida akkreditatsiyaning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.
22-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli Milliy akkreditatsiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomadan boshqa shaxsning foydalanishi taqiqlanadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling