Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet9/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

4.2-jadval

Kattalik

Birlik

Nomi

O‘lchamligi

Nomi

Belgisi

Maydon

L2

metrning kvadrati

m2

hajm, sig‘diruvchanlik

L3

metrning kubi

m3

Tezlik

LT-1

sekundiga metr

m/s

Tezlanish

LT-2

metr taqsim sekundning kvadrati

m/s2

Zichlik

L-3M

kilogramm taqsim metrning kubi

kg/m3

To‘lqin son

L-1

metrning darajasi minus bir

m-1

Solishtirma xajm

L3M-1

metrning kubi taqsim kilogramm

M3/kg

Elektr tokining zichligi

L-2I

amper taqsim metrning kvadrati

A/m2

Magnit maydonning kuchlanganligi

L-1I

amper taqsim metr

A/m

Komponentning molyar konsentratsiyasi

L-3N

Mol taqsim metrning kubi

mol/m3

Ravshanlik

L-2J

kandela taqsimmetrning kvadrati

cd/m2

SIning maxsus nomiga va belgilanishiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.


SIning elektr va magnit kattaliklarining birliklarini elektromagnit maydoni tenglamalarini ratsionallashtirilgan shakliga muvofiq hosil qilish lozim. Bu tenglamalarga vakuumning magnit doimiyligi μ0 kiradi. Uning aniq qiymati 4π(10-7 N/m yoki 12,566370614-10-7 N/m (aniq).
O‘lchovlar va tarozilar XVII Bosh konferensiyasining qarorlariga muvofiq uzunlik birligi – metrni yangi ta’rifi bo‘yicha, tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati s0 - 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.
Bu tenglamaga shuningdek qiymati 8,854187817 10-12F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektr doimiysi ham ε0 kiradi.
Elektr birliklari o‘lchamlarining aniqligini Djozefson effekti va Xoll kvant effekti asosida oshirish maqsadida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro komiteti (O‘TXK) tomonidan 1990 yil 1 yanvaridan boshlab Djozefson konstantasining shartli qiymati Kj-90 = 4,83579(1014 Nz/V (aniq) [O‘TXK 1 - tavsiyasi, 1988 y] va Klitsing konstantasini shartli qiymati Rk-90 = 25812,807 Ω (aniq) [O‘TXK, 2- tavsiyasi, 1988 y] deb kiritildi.


4.3-jadval
SIning maxsus nom va belgilanishga ega bo‘lgan hosilaviy birliklari



Kattalik

Birlik

Nomi

O‘lchamligi

Nomi

Belgisi

SI ning asosiy va hosilaviy birliklari orqali ifodalanishi

Yassi burchak

L

Radian

rad

m(m-1=l

Fazoviy burchak

L

Steradian

Sr

m2(m-2=l

Chastota

T-1

Gers

Hz

s-1

Kuch

LMT-2

Nyuton

N

m(kg(s-2

Bosim

L-1MT-2

Paskal

Pa

m-1( kg(s-2

Energiya, ish, is-siqlik miqdori

L2MT-2

Djoul

J

m2( kg(s-2

Quvvat

L2MT-3

Vatt

W

m2( kg(s-3

Elektr zaryadi, elektr miqdori

TI

Kulon

S

s(A

Elektr kuchlanish, elektr potensial, elektr potensiallarayirmasi, elektr yurituvchi kuch

L2MT-3I-1

Volt

V

m2( kg(s-3-A-1

Elektr sig‘imi

L-2M -1T4I2

Farad

F

M-2(kg-1s4A2

Elektr qarshilik

L2M-1T3I2

Om

Ω

M2(kg(s-3 A2

Elektr o‘tkazuvchanlik

L-2M1T-3I-2

Simens

S

m-2(kg-1(s3 A-2

Magnit induksiyasining oqimi, magnit oqimi

L2MT-2I-1



Veber

Wb

M2(kg(s-2(A-1

Magnit oqimining zichligi, magnit induksiyasi

MT-2I-1

Tesla

T

kg(s-2(A-1

Induktivlik, O‘zaro induktivlik

L2MT-2I-2

Genri

H

M2(kg(s-2(A-2

Selsiy harorati

Θ

Selsiy gradusi

0S

K

Yorug‘lik oqimi

J

Lyumen

Lm

cd(sr

Yoritilganlik

L-2J

Lyuks

Ix

m -2(cd(sr

Radioaktiv manbadagi nuklidlarning aktivligi (radio nuklidning aktivligi)

T-1

Bekkerel

Bq

s-1

Ionlovchi nurlanishning yutilgan dozasi

L2T-2

Grey

Gy

m2s-2

Ionlovchi nurlanishning ekvivalent dozasi, ionlovchi nurlanishning effektiv dozasi

L2T-2

Zivert

Sv

m2s-2

Katalizator aktivligi

NT‑1

katal

kat

mol-s-1

O‘lchashning biror prinsipini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar qo‘llaniladi. O‘lchashlarda ko‘llaniladigan va normalangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar o‘lchash vositasi deyiladi. O‘lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o‘lchash usuli deyiladi.


O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normalangan metrologik xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalarga ega bo‘ladi.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash O‘zgartirgichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.
O‘lchov — berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoq tosh massa o‘lchovi; o‘lchov rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi—yorug‘lik o‘lchovi va h.
Bir xil o‘lchamli fizik kattalikni qayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli o‘lchovlar bor. Ko‘p kiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi. Masalan, qadoq toshlar to‘plami, uzunlik o‘lchovlari to‘plami, o‘lchov kondensatorlari to‘plami va h. O‘lchovlar magazini— sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami. O‘lchovlar magazini elektrotexnikada keng qo‘llaniladi: qarshilik magazini, sig‘imlar magazini, induktivliklar magazini.

O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi.
Standart namuna — modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini tavsiflovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‘lchov. Masalan, tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarinIg standart namunasi.
Namuna modda — tasdiqlangan sertfikatda ko‘rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” metallar, “toza” suv.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informatsiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasi o‘lchov asbobi deyiladi. O‘lchov asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qishi yoki sanashi mumkin. O‘lchov asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Analog o‘lchov asboblarida asbobning kursatishi o‘lchanayotgan kattalik O‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo‘ladi, raqamli o‘lchov asboblarida esa ko‘rsatishlar o‘lchov informatsiyasi signalini diskret O‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi.
Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llana boshladi, chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHMga kiritish uchun qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. Shu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda o‘qish xatoligi bo‘lmaydi. Ammo, analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir.
O‘lchov asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko‘rsatuvlarni yo diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish kO‘zda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning O‘zida kursatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o‘lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkin O‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.
O‘lchashga doir axborotni uzatish, O‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositasi o‘lchash O‘zgartirgichi deb ataladi. Inson O‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash O‘zgartirgichi signallarini qabul qila olmaydi. O‘zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning O‘zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog‘lanishni O‘zgartirgich funksiyasi qaror toptiradi. O‘lchash O‘zgartirgichlari o‘lchov asboblarining, turli o‘lchov tizimlarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalik keltirilgan o‘lchash O‘zgartirgichi birlamchi O‘zgartirgich deyiladi. Birlamchi o‘lchash O‘zgartirgichlari, ko‘pincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrdatermopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. O‘lchov asboblari va O‘zgartirgichlari o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi,masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, sath o‘lchagichlar, gazanalizagorlari, konsentratomerlar, nam o‘lchagichlar va h.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling