Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)


Download 1.47 Mb.
bet7/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologik) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;
-qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish;
-xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash;
-metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash;
-rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish;
-metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK)

  2. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)



4-AMALIY MASHG‘ULOT:
KATTALIKLAR VA ULARNING O‘LCHOV BIRLIKLARIGA DOIR MA’LUMOTLARNI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Xalqaro birlik tizimi haqida, uning qabul qilinish jarayonlari va ushbu birliklar haqida tushunchalarga ega bo‘lish.
1960 yili o‘lchov va tarozilarning XII Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni SI xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator O‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 5.1 va 5.2 – jadvallarda keltirilgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling