Metrologiya to‘g‘risida


Download 32.03 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi32.03 Kb.
#1009119
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза-1


1-MA’RUZA. METROLOGIYa, METROLOGIK XIZMAT VA TA’MINOT
Reja:

  1. Metrologiya. “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni. Metrologiyada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar.

  2. Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari. Metrologiyaga oid faoliyatni boshqarish.

  3. Yo‘l qurilishi sohasida metrologik xizmat va ta’minot, kattaliklar va birliklar tizimi. SI o‘lchov birliklari.

  4. O‘lchash usullari va vositalari. O‘lchash vositalarining tekshiruvi va kalibrovkasi, o‘lchashlarning sifat me’zonlari va xatoliklari.

Tayanch so‘zlar va iboralar: metrologiya, metrologiya tekshiruvi, nazorat ob’ekti, qo‘shimcha birlik, doimiy xatolik, tasodifiy xatolik.


O‘zRning "Metrologiya to‘risida"gi qqonuni 1993 yil 28 dekabrda kuchga kirgan.
qonun 5 bo‘lim va 21 moddadan iborat.
1 - bo‘lim. Umumiy qoidalar.
2 - bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni qayta xosil ilish va qo‘llash.
3 - bo‘lim. O‘zRning metrologiya xizmatlari.
4 - bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati.
5 - bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.

Metrologiyada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
  • - metrologiya - o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari, hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;

  • yagona o‘lchov birligi-o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks etirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov xolati;

  • o‘lchov vositasi-o‘lchovlar uchun foydalaniladigan normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnik vosita;

  • birlik etaloni-fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish masadida uni qayta hosil ilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;

  • davlat etaloni-vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zR xududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;

  • metrologiya xizmati-davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlari yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;

  • davlat metrologiya nazorati – metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;

  • o‘lchov vositalarini qaydlash (tekshiruvdan o‘tkazish) - o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;

  • o‘lchov vositalarini kalibrlash - metrologik jihatlarning qat’iy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui.Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ-O‘zR VM huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi «O‘zstandart» amalga oshiradi;

  • o‘lchov vositalarini meterologik attestatsiya qilish – yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston xududida yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida ular uchun haqqoniy ekanliginng metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;

  • metrologiya xizmat, markaz va laboratoriyalarini akkredatsiya qilish - metrologiya xizmat, markaz va laboratoriyalarining belgilangan akkredatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;

  • yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini,o‘lchov vositalarini kalibrlashbo‘yicha laboratoriyalarini (markazlarini) akkredatsiya qilish – yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini k4alibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolati ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;

  • o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarin metrologik attestatsiya qilish – o‘lchovlarni bajarish uslubiyatining unga qo‘yilgan metrologik talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;

  • o‘lchovlarni bajarish uslubiyoti – operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib,ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalarini olishni ta’minlaydi;

  • sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish – sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • sinov vositasi – sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, moda va material.


Download 32.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling